Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/110
Sana05.09.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1673144
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Diagnostikasi. Buning uchun toshma elementlaridan material, qon, 
tomoqdan mazok olib virusologik tekshirish o‘tkaziladi. 
Davolash. Spetsifik davolash usullari yo‘q. Bemor tezda alohida xonaga 
yotqiziladi. Intoksikatsiyasini kamaytirish maqsadida turli suyuqliklar (5-10% li 
glyukoza eritmasi, ringer eritmasi, gemodez va boshqalar) tomchilab yuboriladi. 
Teriga Burov suyuqligi, spirt, 5% li margansovka eritmasi surtiladi. Og‘iz borat 
kislota, 2% li soda eritmasi bilan chayiladi. Ko‘zga 20% li albutsid tomiziladi. 
Profilaktikasi. Chin chechak profilaktikasi asosan, unga qarshi emlashdan 
iborat. Xuddi shu tadbir tufayli uni tugatishga erishildi. Bolalar 1-2 yoshligida 
emlanadi, 8 va 16 yoshlarda revaksinatsiya qilinadi. Kasallik aniqlangan joyda 
karantin joriy etiladi. 
GRIPP 
Gripp viruslar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy 
intoksikatsiya, nafas olish yo‘llarining jarohatlanishi bilan kechadi. Yuqumli 
kasalliklar ichida eng keng tarqalgan gripp hisoblanadi. Deyarli har yili gripp 
epidemiyasi tarqaladi. 
Gripp viruslarning A, A
1
, A
2
, B va C turlari paydo bo‘lishi yangi 
epidemiyani boshlaydi. Tashqi muhitda virus turg‘un emas. Dezinfeksiyalovchi 
moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. 
Epidemiologiyasi. Bunda bemor odam infeksiya manbai hisoblanadi. Bemor 
yo‘talganda va aksirganda, ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlari virusni atrofga 
ko‘plab tarqatadi. Sog‘lom odam organizmiga virusni atrofga ko‘plab tarqatadi. 
Sog‘lom odam organizmiga viruslar nafas olish yo‘llari orqali kiradi. 
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 1-2 kungacha. 
Qisqa muddatli lohaslik, et uvishishidan so‘ng kasallik to‘satdan gavda harorati 


107 
ko‘tarilishi, kuchli qaltirash bilan qizarib, soqqasi og‘riydi, yorug‘likka qaraganda 
ko‘z yoshlanadi. Burun bitib qoladi, tomoq qurib og‘riydi. Quruq yo‘tal kuzatiladi. 
Qo‘l-oyoq mushaklari qaqshab og‘riydi. Ba’zan ko‘ngil aynishi va qusish 
kuzatiladi. Ko‘pincha lab va burun atrofiga uchuq toshadi. Odatda, gavda harorati 
3-5 kundan keyin tushadi. Gripp asoratlari qolganda isitma uzoq saqlanadi. O‘pka 
shamollashi eng ko‘p uchraydigan asorat hisoblanadi.
Diagnostikasi. Bu maqsadda kasallikning dastlabki kunlarida virusologik 
tekshirish uchun burun va tomoqdan mazok olinadi. Serologik tekshirish uchun 8-
10 kun oralatib, 2 marta qon olib tekshiriladi. 
Davolash. Faqat gripp og‘ir kechgan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. 
Isitmasi ko‘tarilgan davrda bemor o‘rin-ko‘rpa qilib yotishi kerak. Maxsus 
davolash maqsadida grippga qarshi gamma-globulin ishlatiladi (3-6 ml). 
Kasallikning dastlabki kunlarida burunga quritilgan gripp zardobi yoki interferon 
tomiziladi. Remantadin va oksolin kabi preparatlar virusga ta’sir ko‘rsatadi. Isitma 
tushiruvchi, og‘riq va yo‘talni qoldiruvchi dorilar ham qo‘llanadi. Tez-tez choy
sut, meva sharbatlari, mineral suv ichish tavsiya etiladi. 
Profilaktikasi. Maxsus profilaktika maqsadida burunga gripp vaksinasi 
purkaladi. Gripp epidemiyasidan 3-4 oy oldin burunga ommaviy ravishda vaksina 
purkaladi. Epidemiya vaqtida oksolin mazi, interferondan foydalanish mumkin. 
Uyda qolgan bemorga alohida xona yoki burchak ajratish lozim. Uy havosi tez-tez 
yangilab turilishi kerak. Bemor foydalangan idish-tovoq qaynatiladi. Bemorni 
parvarish qiluvchi dokadan niqob tutib, uni har 5-6 soatda almashtirib turishi 
kerak. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling