Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar gigiyenasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagnostikasi.
- Profilaktikasi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai – bemor odam va bakteriya
tashuvchilar. Mikroblar ular organizmidan najas bilan ajralib, sog‘lom odam organizmiga tushadi. Oqava suvlar bilan ifloslangan ochiq suv havzalari (daryo, ko‘l, kanal, quduq va boshqalar) kasallikni yuqtiruvchi omil hisoblanadi. Zararlangan ovqat mahsulotlari ham ma’lum rol o‘ynashi mumkin. Xalqaro aloqalar rivojlangan hozirgi davrda vabo kasalligi havo transporti vositasida 104 dunyoning bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga oson etishi mumkin. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 5 kungacha. Kasallik turli og‘irlikda kechishi mumkin. Ko‘pincha to‘satdan enterit belgilari bilan boshlanadi. Ich tez-tez suvdek, ko‘plab ketadi, hojat vaqtida og‘riq sezilmaydi. Ich ketishi davom etgani sari najas oqish, xuddi guruch suviga o‘xshash bo‘lib qoladi. Bu holat 1-2 kun davom etib, engil hollarda kasallik shu bilan tugaydi. Og‘irroq hollarda u avj olib, kasallikning 2-holati – o‘tkir gastroenterit boshlanadi. Ich ketishi davom etgani holda, qayta-qayta ko‘plab qusish ham boshlanadi. Natijada bemor juda ko‘p suyuqlik yo‘qotib, organizmi suvsizlanib qoladi. Suv bilan birga mineral tuzlar ham chiqib ketadi. Natijada bemorning ahvoli og‘irlashib, kuchsizlanib qoladi. Qo‘l-oyoq mushaklari tirisha boshlaydi. Tanasi muzlaydi, gavda harorati normadan pastga tushishi mumkin. Til quriydi, ovoz chiqmay qoladi. Bu holat 1,5-2 kun davom etib, tuzalmasa eng og‘ir, 3-bosqichga – vabo algidiga o‘tadi. Bunda yuqoridagi belgilar yana ham zo‘rayadi. Teri ko‘karib yopishqoq ter chiqadi, burishib qoladi. Lab ko‘karadi va yorilib ketadi. Gavda harorati 35-34 o gacha tushadi. Puls ipsimon, yurak tonlari zo‘rg‘a eshitiladi, qon bosimini aniqlab bo‘lmaydi. Bu holatdagi bemorlarni davolash ancha qiyin. Diagnostikasi. Laboratoriya diagnostikasi maqsadida najas peptonli bulonga ekiladi. Qusuq massasi ham sterillangan bankaga yig‘ilib, laboratoriyaga jo‘natiladi. Keyingi yillarda serologik usullardan ham foydalanilmoqda. Davolash. Bemor darhol kasalxonaga jo‘natilib, alohida xonaga yotqiziladi. Davolashdan asosiy maqsad – yo‘qotilgan suv va mineral tuzlar o‘rnini to‘ldirishdan iborat. Bu maqsadda №1 va №2 standart tuzli eritmalar vena tomiriga tez-tez yuboriladi. Shuningdek, fiziologik eritma, Ringer eritmalarini ham ishlatish mumkin. Birinchi kunda yuboriladigan suyuqlik miqdori 20-30 litrga etishi mumkin. Antibiotiklardan tetratsiklin 300000 TB dan kuni 4 marta 5 kun davomida beriladi. Barcha klinik belgilar yo‘qolgandan, keyin, bakteriologik tekshirish 3 marta manfiy natija berganda so‘ng, bemor kasalxonadan chiqariladi. Profilaktikasi. Vabo aniqlangan joyda karantin joriy etiladi. Maqsad 105 kasallikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bemor bilan aloqada bo‘lgan barcha odamlar alohidalanib, bakteriologik tekshirishlardan o‘tkaziladi. Bemorlarning topish maqsadida uyma-uy yuriladi. Maxsus profilaktika maqsadida vaboga qarshi vaksina bilan emlanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling