103
topish mumkin. Najas umumiy analiz ham qilinadi. Bu analizda ko‘plab
shilimshiq, leykotsit va eritrotsitlar topilishi xarakterli. Serologik RPGA reaksiyasi
ham qo‘yiladi.
Davolash. Bunda bemor kasalxonada davolanishda antibiotiklar (tetratsiklin,
levomitsetin) kam qo‘llanilmoqda. Furazolidon bilan davolash yaxshi natija beradi.
U 0,1 dan kuniga 4 marta ichiladi. Davolash kursi 5 kun.
Ayrim hollarda
sulfanilamid preparatlar (ftalazol, sulgin) berish bilan cheklanish mumkin. Ular 5
kun davomida 1,0 dan kuniga 4 marta ichiladi. Qorindagi og‘riqni
kamaytirish
uchun
belladonna preparatlari, platifillin yoki no-shpa buyuriladi. B va C
vitaminlar ham beriladi. Dorilardan tashqari, parhezga ham e’tibor beriladi. Oson
hazm bo‘ladigan, ichakka zo‘r keladigan moddalardan xoli ovqatlar (Pevzner
bo‘yicha, 4-stol) buyuriladi.
Profilaktikasi. Dizenteriya profilaktikasida shaxsiy
gigienaga rioya qilish
muhim ahamiyatga ega. U iflos qo‘l kasalligi deb bejiz atalmagan. Ovqat oldidan
va hojatdan so‘ng har safar qo‘lni sovunlab yuvish lozim. Xomligicha iste’mol
qilinadigan sabzavot va mevalarni qaynatib, sovitilgan suv bilan obdan yuvgandan
so‘ng eyish mumkin.
Vabo – og‘ir gastroenterit va organizmda mineral moddalar almashinuvining
keskin
buzilishi, organizmning suvsizlanishi bilan kechadigan o‘tkir
yuqumli
kasallik. Katta hududlarga tez tarqalishiga moyil bo‘lganligi sababli o‘ta
xavfli
infeksiyalar guruhiga kiradi.
Kasallikni vabo vibrionlari qo‘zg‘atadi. Klassik
va El-Tor tipidagi vabo
vibrionlari mavjud. Ular ishqoriy muhitda tez ko‘payadi. Mikroskopda ko‘rilganda
tuzilishi vergulga o‘xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: