Kuch sifatini tarbiyalash usullari.
Mashq bajarish sur`ati va takrorlash soni, og`irlikning kattaligi, shuningdek mushaklar faoliyati tartibi hamda har xil mushak guruhlariga ta`sir ko`rsatuvchi yondashuvlar miqdoriga bog`liq ravishda kuch layoqatini har xil turlarini tarbiyalash masalalari hal etiladi.
Chegaraviy bo`lmagan og`irliklardan foydalanib kuch sifatini tarbiyalash.
Kuchqibiliyatlarini rivojlantirish va shu bilan barobar mushak massasini oshirish uchun o`rtaga hamda variativ sur`atda bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Bunda har bir mashq yaqqol ko`zga tashlanganidan charchoq holatigacha bajariladi.
Boshlovchi sportchilar uchun og`irlik kattaligi maksimumning 40-60% qismigacha oraliqda, birmuncha tayyorgarlik ko`rganlar uchun esa 70-80% yoxud 10-12 TM bo`lishi mumkin. 1 yondashuvdagi takrorlar soni boshlang`ich miqdorda ortgani sayin og`irlikni oshirib borish, ya`ni TM ni 10-12 chegarasida saqlab turish zarur. Ushbu usuliyatni shunday variantda kattalar bilan ishlaganda ham, yosh hamda boshlovchi sportchilar faoliyatida ham qo`llash mumkin.
Yanada ko`proq tayyorgarlik ko`rgan sportchilar uchun, kuch rivojlanib borar ekan, og`irlik vazni asta-sekin 5-6 TM ga (taxminan maksimumning 80% igacha) oshiriladi.
Kuchga asoslanmagan sport turlari vakillari haftasiga 2-3 tagacha mashg`ulot o`tkazadilar. Har xil mushak guruhlarini rivojlantirishda mashqlar miqdori boshlovchilar uchun 2-3 dan, ko`proq tayyorlanganlar uchun 4-7 dan oshirilmagani maqul. Takrorlash orasidagi dam olish tanafuslari oldingilarga yaqin (2 dan 5 daqiqagacha) bo`lib, og`irlik kattaligi, harakat tezligi va davomiyligiga bog`liq. Dam olish faol-passivlik hususiyatiga ega.
Mazkur usuliyatning ijobiy jihatlari:
1) Qattiq umumiy zo`riqishga yo`l qo`ymaydi va katta hajmli ish tufayli trafik jarayonlarning yaxshilanishini ta`minlaydi, bunda ayni vaqtda mushaklarda ijobiy morfologik o`zgarishlar ro`y beradi, jarohatlanishlar ehtimolini bartaraf etadi;
2) Bolalar hamda o`smirlar bilan ishlaganda noxush holat sanalgan kuchaytirishni kamaytirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |