Statik-dinamik usul. Bu usul mashqda mushaklarning ikki xil –ham giometrik, ham dinamik tartibda(rejimdagi) ishini izchil ravishda uyg`unlashtirishni ko`zda tutadi. Kuch layoqatini tarbiyalash uchun maksimumning 80-90% qismga teng kuchlanish bilan 2-6 sekundlik mashqlar. Ulardan so`ng og`irlikni ancha pasaytirgan holda bajariladigan portlovchi hususiyatli faoliyat qo`llaniladi (yondashuvda 2-3 takrorlash, 2-3 seria, ular orasida 2-3 daqiqalik tanafus). Kuch layoqatini aynan musobaqa mashqlarida mushaklarning variativ ish tartibida tarbiyalash zarur bo`lganda, mazkur usuldan foydalanish maqsadga muvofiq.
Aylanma mashg`ulot usuli. Har xil mushak guruhlariga majmuaviy ta`sir ko`rsatishni ta`minlaydi. Mashqlar turli bekatlarda o`tkaziladi va har bir keyingi seria yangi mushaklar guruhini ishga jalb etadigan tarzda tanlanadi. Har xil mushak guruhlariga ta`sir ko`rsatuvchi mashqlar soni, ularning bekatlarda bajarilish davomiyligi mashg`ulot jarayonida hal etilishi kerak bo`lgan vazifalar, shug`ullanuvchilarning yoshi, jinsi hamda tayyorgarligiga bog`liq. Chegaraviy bo`lmagan og`irliklardan foydalanib bajariladigan mashqlar majmualari aylana bo`ylab 1-3 marta takrorlanadi. Majmuaning takrorlari orasidagi tanafuslar kamida 2-3 daqiqa davom etishi, bu vaqtda bo`shashtiruvchi mashqlar berilishi kerak.
O`yin usuli. Kuch layoqatining asosan o`yin faoliyatida tarbiyalashini nazarda tutadi, bunda o`yin vaziyatlari har xil mushak guruhlarini zo`riqtirish tartibini o`zgartirishga hamda organizmdagi charchoq bilan kurashishga majbur qiladi.
Bular sarasiga tashqi obyektlarni tutib turishni (masalan “chavandozlar” o`yinida sherikni) talab qiladigan tashqi qarshilikni yengishda (masalan “arqon tortish”), har xil mushak guruhlarini zo`riqtirish tartibini navbatlashga (masalan turli og`irlikdagi yuklarni ko`tarib yurish bilan bog`liq estafetalar) asoslangan mashqlar kiradi.
Jismoniy tarbiya va sport o`qituvchisi shug`ullanuvchilarning tabiiy rivojlanish darajasi hamda jismoniy tarbiya bo`yicha dasturlarda ko`zda tutilgan talablarni, shuningdek musobaqa faoliyatiga xos hususiyatlarni inobatga olgan holda kuch layoqatini tarbiyalash usullarini tanlashga ijobiy yondashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |