O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Kuch sifatining rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun nazorat mashqlari (testlar)


Download 458.04 Kb.
bet27/69
Sana08.09.2023
Hajmi458.04 Kb.
#1674473
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
Jismoniy sifatlar

1.5. Kuch sifatining rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun nazorat mashqlari (testlar).
Jismoniy tarbiya amaliyotida miqdoriy kuch imkoniyatlari 2 yo`l bilan baholanadi:
1). O`lchash qurilmalari: dinamometr, dinomograflar, tenzometrik kuch o`lchash asbobolari yordamida;
2). Kuchga oid maxsus nazorat mashqlari, testlar yordamida.
Zamonaviy o`lchash qurilmalari deyarli barcha mushak guruhlarining kuchini standart topshiriqlar yordamida (tana qismlarini bukish va yozish), shuningdek, statik hamda kuchlanishlarda (sprotchilarning harakati kuchini faoliyat jarayonida o`lchash) aniqlashga ko`maklashadi. Ommaviy amaliyotda kuch layoqatining rivojlanish darajasini baholashda maxsus nazariy mashqlari (testlar) dan foydalaniladi. Ularning bajarilishi qandaydir maxsus qimmatbaho asbob-uskunalar va jihozlarni talab qilmaydi. Maksimal kuchni aniqlashda bajarilish texnikasi juda oddiy mashqlar, masalan, yotgan holda shtangani siqish, shtanga bilan o`tirib-turish va b. qo`llaniladi. Bu mashqlarda natija texnik mahorat darajasida deyarli bog`liq emas. Maksimal kuch shug`illanuvchi (sinaluvchi) ko`tara oladigan eng og`ir vazn asosida aniqlanadi.
Tezlik - kuch sifatlari va kuch chidamliligining rivojlantirish darajasini baholash uchun quyidagi nazorat mashqlari qo`llaniladi, arg`amchida sakrash (3.3 rasm) tortilish (3.7, 3.8 rasmlar), parallel qo`sh poyada, polga yoki o`rindiqqa tayanilgan qo`llarini bukib yozish (3.9,3.10 rasmlar), tizzalarni bukib yotgan holatdan gavdani ko`tarish (3.6 rasm), bukilgan va yarim bukilgan qo`llarda osilib turish (3.14 rasm), baland yakka cho`pda ko`tarilib to`ntarilish, uzunlikga joyidan ikki oyoqlab sakrash (3.2 rasm), bir oyoqdan ikkinchisiga uch hatlab sakrash (variant-faqat o`ng va faqat chap oyoqda), rostlangan oyoqlarni cheklovchi moslamagacha ko`tarib tushurish (3.5 rasm), yuqorigi qo`llarini siltab (3.1 rasm) va siltamay sakrash (sakrash balandligi aniqlanadi), to`ldirma to`pni (1-3 kg) har xil holatlardan ikki qo`llab va bir qo`llab uloqtirish (3.11,3.12,3.13 rasmlar) va h.k. Tezlik-kuch sifatlari va kuch chidamkorligini baholash me`zonlari sifatida tortilish,qo`llarni bukib-yozishlar soni, gavdaning muayyan vaziyatini saqlab turish davomiyligi, sakrash, uloqtirishlar (tashlashlar) uzoqligi va b. xizmat qiladi.

3 – rasm. Kuch tezlik – kuch sifatlari va kuch chidamliligining rivojlantirish darajasini baxolash uchun nazorat mashqlari (testlar)




Download 458.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling