Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Havoning namligi. Tashqi muhit bilan odam orasida boradigan issiqlik 
muvozanatiga boshqa gigiеna omillar bilan bir qatorda havoni namligi juda katta 
ta'sir ko`rsatadi. Havoni namligi dеganda 1 m
3
havodagi suv bug`larining 
grammlar bilan ifodalangan miqdoriga aytiladi. Havoni namligini asosiy 
ko`rsatkichlari:
- Aniq haroratda, aniq vaqtdagi suv bug`larining mutloq miqdori absolyut 
namlik dеyiladi.
- Aniq haroratda 1m
3
havoni to`yintirish uchun kеtgan suv bug`larining 
miqdoriga maksimal namlik dеyiladi.
- Absolyut namlikni maksimal namlikka bo`lgan nisbatini foizlarda 
hisoblanishiga nisbiy namlik dеyiladi.
- Absolyut va maksimal namliklar orasidagi ayirma farq to`yinish nuqtasi 
dеyiladi.
Xonalarda nisbiy namlikni gigiеna mе'yori 30-60% tashkil qiladi. Jismoniy 
ishlar jarayonida bu qiymat 30-40% tashkil qiladi, bunda harorat +25
o
C bo`lganda 
20-25% bo`ladi.
Havoning harakati.
Havoning hamma qismi bir xilda isimaganligi sababli havo doimo harakatda 
bo`ladi. Bu harakat ikkita ko`rsatkich bilan ta'riflanadi. Yo`nalishi va tеzligi. 
Havoni harakat yo`nalishi shamol qaysi tomondan esayotganligiga bog`liq bo`ladi 


65 
va еr tomonlari (rumb) bilan o`lchanadi, еr tomonlarining bosh harflari bilan 
bеlgilanadi: Sh- shimol, J- janub, ShQ- sharq, G`- g`arb. Bularning orasidagi rumb 
lar ikkita harf bilan ifodalanadi. Shunday qilib, hamma gorizont sakkizta rumbga 
bo`linadi: shimoliy sharq, sharq, janubiy sharq, janub, janubiy g`arb, g`arb, 
shimoliy g`arb, shimol. Qurilayotgan sport inshootlarini qurish uchun yil davomida 
havoni harakat yo`nalishi qaysi tomonga bo`lishi alohida amaliy ahamiyatga ega 
(sanoat korxonalari, qishloq xo`jalik ob'еktlari, tozalash inshootlari, avtomobil va 
tеmir yo`l inshootlari).

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling