Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Diagnostikasi. Laboratoriya usullaridan biologik va serologik usulubdan 
foydalaniladi. Biologik uslubda bubondan olingan material dengiz cho‘chqasi 
tanasiga yuboriladi. Tulyaremiya bor bo‘lgan taqdirda hayvon 4-14 kun ichida 
o‘ladi. Agglyutinatsiya reaksiyasi ham qo‘yiladi. Tulyaremiya diagnostikasida 
allergiya uslubdan ham foydalaniladi. Buning uchun bilak terisi orasiga 0,1 ml 
tulyarni yuborib, 24 va 48 soatdan so‘ng natijasi teshiriladi. 


112 
Davolash. Streptomitsinni (kuniga 0,5-1,0 dan) 8-10 kun davomida 
qo‘llash yaxshi natija beradi. Davolash maqsadida spetsifik vaksina ham 
qo‘llanadi. Bubonga simob malhami surtiladi. Ko‘z jarohatlanganda albutsid 
tomiziladi.
Profilaktikasi. Spetsifik profilaktika maqsadida Elbert – Gayskiy vaksinasi 
ishlatiladi. Kemiruvchilarni qirish vositalaridan foydalaniladi. Suv manbalari, oziq-
ovqat, g‘alla ehtiyot qilib saqlanadi.  
KUYDIRGI 
Kuydirgi – og‘ir intoksikatsiya, yuqori harorat, teri yoki ichki a’zolarning 
jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Bu kasallikni kuydirgi 
tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Organizmdan tashqarida spora holida uchraydi. Mikrob 
kuchli toksin ishlab chiqaradi. Kuydirgi tayoqchasi dezinfeksiyalovchi moddalar 
ta’sirida tez nobud bo‘ladi, lekin sporasi tashqi muhitda juda turg‘un. Suvda bir 
necha yil, tuproqda o‘n yillab saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kasal uy hayvonlaridir. Mikrob ular 
organizmidan tashqariga chiqib, turli yo‘l bilan odam organizmiga tushishi 
mumkin. Kasal hayvon go‘shtidan tayyorlangan ovqat vositasida ham kasallik 
yuqadi. Hayvonlar terisini oshlashda va mo‘yna orqali ham kuydirgi yuqib qoladi. 
Shu boisdan kasallik ko‘proq chorva mollari bilan bog‘liq odamlarda uchraydi.
Keyingi yillarda, Rossiya, Moldava, Ukraina, O‘zbekiston, Turkmaniston, 
Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston respublikalarida kuydirgi kasalligi 
sporodik holda uchrab turadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling