O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети


Download 1.55 Mb.
bet13/18
Sana11.10.2020
Hajmi1.55 Mb.
#133345
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Касбий педагогика мажмуа1


Ta’lim mazmunida “Fanta’limamaliyot” integratsiyasining zarurligi

Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.

Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o‘rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg‘or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo‘ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo‘ldi.

O‘tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo‘lmish kompyuterlarning o‘nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo‘lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan kompyuterlarning turli ko‘rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini – kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bugungi dunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko‘plab kompyuterlar zarur.

Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, ximiya, giofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko‘pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularga hisoblash texnikasini keng ko‘lamda qo‘llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fizika, matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirigna kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustinlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo‘llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko‘maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko‘r imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Turli xil jarayonlarni har tomonlama o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operatsiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir.

Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirish “Sun’iy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo‘lishi hozirgi davr taqozosi.

Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo‘lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog‘iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va hakozolardir.



Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo‘lmish “XXI asr – intellektual asr” ning faol ishtirokchisi bo‘lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilitsiyasining faol ishtirokchisi bo‘lmog‘i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi fan va texnika yutuqlari bilan boyitib borish kerak. Buning uchun barkamol avlodni shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga suyangan holda ta’lim – tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib DTSni takomillashtirish,

  • shakllanishi lozim bo‘lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish,

  • uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv – axborot muhitini yaratish,

  • uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish,

  • uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikatsiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o‘yinlar, elektron telekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish,

  • uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash,

  • yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish,

  • uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog‘ini kengaytirish, “Fanta’limamaliyot” integratsiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish,

  • uzluksiz ta’lim tizimiga ilg‘or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k.


Zamonaviy ta’lim mazmunini belgilashga asos bo‘ladigan meyoriy va qonuniy asoslar

1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi [1,2].

Bu qonunda ta’kidlashicha ta’limning mazmuni har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat baxt – saodati yo‘lidagi barkamol avlod qilib tarbiyalash bilan belgilangan.

Ushbu qonun va milliy dastur fuqarolarga ta’lim – tarbiya berish, kasb – hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.

Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar bilan qurollashtirish alohida ahamiyatga ega. Bunda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan tarixiy va madaniy qadriyatlar hamda ular hayotining ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o‘rni, ta’lim – tarbiyasi, odob – axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi ta’lim taraqqiyoti uchun ham milliy maktab yaratishdagi yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon – e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik millatlararo do‘stlik munosabatlari, qahramonlik, qadrlik singari tuyg‘ularni tarbiyalashda o‘ta muhimdir.

Shu bilan birga ta’lim – tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularning mazmuni ham “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun bilan mushtarakdir.

Ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqislarida yosh avlodga beriladigan ma’lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tizimning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan – texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan – texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo‘lgan bugungi kunda ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumotmazmuni ta’lim oluvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo‘lida ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’limning mazmuni, avvalo, barkamol va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.

Ushbu maqsadni o‘zida aks etgan ma’lumot mazmuni quyidagi Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari, o‘quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo‘ladi.


Ta’lim mazmunini shakllantirish tamoyillari.

Ma’lumki, ta’lim mazmuni insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi hamda harakteri bilan belgilanadi. Shu sababli ham ta’lim mazmuni rejalashtirilgan maqsadga muvofiq holdagi yo‘nalish va hajm bo‘yicha shakllantiriladi. U tegishli meyoriy hujjatlar: ta’lim standartlari, o‘quv reja, o‘quv dasturlari shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.



Ta’lim mazmunini to‘g‘ri belgilanishi hamda unga zarur o‘zgartirishlar kiritishda ta’lim mazmunining yangilanib borish imkoniyatlari, ya’ni ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishni ham e’tiborga olish lozim. Belgilangan mazmun asosida o‘quv fanlari, o‘quv soatlari, mashg‘ulot turlari aniqlanadi va bunda ta’lim mazmuni tomoyillariga asoslanadi.

Ta’lim mazmuni tamoyillari ta’lim berishning ma’lum obektiv qonuniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, u ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Quyida ta’lim mazmuni tamoyillari to‘g‘risida to‘xtalamiz:

1. Ta’lim mazmunining uzviyligi tamoyili – bu ta’lim jarayonida ta’lim oluvchiga yetkaziladigan ma’lumotlarning qat’iy mantiqiy izchillikka rioya qilinishidir. Bunda o‘rgatilgan bilimlar va shakllangan tasavvurlar oldingi o‘rganilganlaridan kelib chiqadi, ularni mustahkamlaydi, chuqurlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichi uchun propedevtik material sifatida shakllantiriladi. Mazkur tamoyil o‘qish jarayonida didaktikaning umumiylikdan xususiylikka (deduksiya) va aksincha xususiylikdan umumiylikka (induksiya) qoidasini va o‘quv fanlarining bir – biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi.

2. Ta’limning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili – bu ta’lim mazmunining amalda o‘z ifodasini topish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u ta’limni “Fan ta’lim amaliyot” kabi uzviylikda olib borish jarayonidir.

Ushbu tamoyil didaktikaning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, ruhiy hodisalar bilan yaxlit ta’lim jarayonini tashkil etadi.



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling