O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети


Ma’naviy va madaniy shakllanish jarayoni. Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar


Download 1.55 Mb.
bet2/18
Sana11.10.2020
Hajmi1.55 Mb.
#133345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Касбий педагогика мажмуа1


Ma’naviy va madaniy shakllanish jarayoni. Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Haqiqatan ham inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimiz turmush tarzida, mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni izga tushirib olish yo‘lida ko‘zlangan maqsad asosan amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma’naviy parokandalik davriga barham berildi. Birinchi Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” kitobida ta’kidlaganidek: “Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”1.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat va davlat o‘zini ustqurmalariga munosabati turli ma’rifiy madaniy g‘oyalar tushunchalar anglagan vatanparvarlik tuyg‘usi bilan millat, xalq manfaatlari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun mas’uliyatli ilmiy bilim, mehnat va kasb hunar ko‘nikmalarini o‘zida mujassam etgan ma’naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan manfaatdordir. Bunday shaxsni shakllantirishda asrlar davomida xalqimizning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlar muhim rol o‘ynaydi.

Ma’lumki, uzluksiz ta’lim oldiga qo‘yilgan eng muhim maqsad - umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g‘oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish va shular asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iborat.

Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik ta’lim tizimiga asoslangan bo‘lib, unda olg‘a surilayotgan g‘oyalar quyidagilardan iborat:


  • Shaxsning ma’naviy madaniyatini hozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish lozim;

  • Ma’naviy madaniyatni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lishiga erishmoq lozim;

  • Ma’naviy madaniyatni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan vos kechmoq zarurdir.

Ma’naviyat tushunchasi faqat inson zotiga xos bo‘lib, tabiatning gultoji, takomili hisoblangan inson mohiyatining ajralmas qismidir.

Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lib, u biologik mohiyat bilan bir qatorda ijtimoiy mohiyatga ham ega. Biologik mohiyatiga uning boshqa mavjudotlardan biologik tur sifatida ajralib turuvchi tik yurishi, tanasi yung bilan qoplanamaganligi, bosh va qo‘llarining shakl-shamoyili, fikrlay olish qobiliyati hamda boshqa bir qator biologik ko‘rsatkichlari kiradi.

Qur’oni Karimning “Baqara” surasida, insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi sifatlar to‘g‘risida quyidagi oyatlar mavjud: “Va u zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: “Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!”

Ular aytdilar: “Ey pok parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan”. (Alloh): Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir”, dedi”.1

Bu oyatlarning bizga Odamzod Tangrining Yerdagi xalifasi ekani va hatto begunoh farishtalar ham unga ta’zim qilishlari ma’lum bo‘lib turibdi.

Binobarin, ma’naviyatga quyidagi falsafiy ta’rifni bersa bo‘ladi. Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko‘nikma va malaka darajalaridan o‘tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.

Ma’naviyatga berilgan ushbu ta’rif obektiv mavjud bo‘lgan murakkab bir ijtimoiy hodisani mushohada va idrok qilish, uning eng muhim xususiyatlarini his qilish hamda ma’naviyat mavzusida chop etilgan qator adabiyotlarni tahlil qilish natijasida vujudga kelgan. Quyida ma’naviyat tushunchasiga berilgan bir qator ta’riflar orasidan kitob sahifalarida tez-tez uchrab turadiganlaridan bir nechtasi keltirilgan.

1. “Ma’naviyat – insonning zot belgisi, uning faoliyatining tarkibiy qismi, ongi, aql – zakovatining mahsuli”1.

2. “Ma’naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo‘lib, kishilar uning vositasida o‘zlarini anglaydilar, jamiyat, tabiat, o‘z turmush tarzlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar”.

3. “Ma’naviyat – inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan haqiqat nuridir”.

4. “Ma’naviyat – millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ichki (aqliy) intellektual va sobit hissiy dunyosidir”.

Bu ta’riflar umuman noto‘g‘ri bo‘lmay, ular murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lgan ma’naviyatning u yoki bu xususiyatlarini yoki ahamiyatini ifodalaydi, xolos. Bu esa baholash kategoriyasi hisoblanadi.

Barcha fikrlarni bir chetga surib, eng jozibali uchinchi raqamli “Haqiqat nuri” degan ta’rifga e’tiborimizni qarataylik. Darhaqiqat, ma’naviyat – haqiqat nuri. Bu mutlaqo to‘g‘ri. Ammo nurning o‘zi nima? Bizningcha, “nur” – bilim. Bilim, ya’ni nur esa, inson qalbiga haqiqatdan, haq taoladan kelganidan keyin, kishi qalbida unib-o‘sadi va bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Shundan keyingina u shu’la tarqata boshlaydi. Inson ruhi va tafakkuridagi haqiqat nuri harakatining ana shu oxirgi bosqichini, ya’ni nur shu’lasini biz “ma’naviyat” deb atadik.

Inson boshqa mavjudotlardan o‘zining ijtimoiy mohiyati bilan ajralib turishi ma’lum. Ijtimoiy mohiyat negizini bilimlar tashkil qilib, ular foydali va foydasiz turlarga ajraladi. Darhaqiqat, yolg‘on gapirish, o‘g‘irlik qilish, boshqalarni haqoratlash va bo‘lak razil ishlarni qilishni ham bilish kerak. Hamma ham uning uddasidan chiqavermaydi. Ammo, ular foydasiz, balki ijtimoiy hayot uchun zararli bilimlardir. Jamiyat rivoji uchun faqat foydali bilim (hikmat)lar kerak. Foydali bilimlarni egallashdan maqsad, avvalo o‘ziga, so‘ng yaqin kishilariga va butun jamiyatga naf keltirishdir. Muayyan bir foydali ishni kishi hayotida ko‘p marotaba bajaraverishi natijasida, bu faoliyat uning ruhiga singib, ma’naviyatga aylanadi. Insonning ruhiga singib, ma’naviyatiga aylangan harakatlar majmuini uning hayot tarzi deyiladi.



Madaniyat arabcha so‘z bo‘lib, u jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilgan yutuqlari majmuidir. Madaniyat shaxs kamolatiga ikki xil jihatdan ta’sir qilib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Moddiy, ya’ni texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar.

  2. Ma’naviy, ya’ni fan, adabiyot maorif, san’at, din, umuminsoniy va milliy ruhiy qadriyatlar.

Ana shu moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘zaro aloqasi o‘zaro ta’siri natijasida aqlan yetuk, axloqan barkamol, jismonan sog‘lom, dunyoqarashi keng, yaxlit shakllangan, ya’ni komil inson shakllanadi.

Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar quyidagilardan iborat:

1. O‘quv yurtining bitiruvchisi quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak:


  • bitiruvchining egallaydigan ish o‘rni;

  • bitiruvchining dunyoqarash sifati;

  • bitiruvchining standart talablariga javob beradigan bilimi;

  • bitiruvchining ish o‘rnida qo‘llaydigan bilim, ko‘nikma va malakalari;

  • bitiruvchining mutaxassis sifatida shakllanishi va ijodiy ish olib borishi kabilar.

  1. O‘quv materialini mazmun jihatidan tanlashi.

O‘quv materialini tanlash albatta uning mantiqiy ketma-ketligi, mazmunan bitiruvchining fikrlash doirasini va g‘oyalarini ishlab chiqish, ilmiy farazni rivojlantirish va shu bilan birga kelajakda fanga o‘z hissasini qo‘shishga undamog‘i kerak.

  1. Tanlab olingan o‘quv materialini tizimli tasniflash.

O‘quv materialining asosiy qismi, uni mantiqiy fikrlash, tushunish va munozara qilishni talab etadi. Shu bilan birga uni o‘zlashtirish, o‘zining qobiliyatidan kelib chiqqan holda ijodiy yondoshish ham zarur.

3. Qabul qilinayotgan masalalarning yechimini tajriba va sinovlardan o‘tkazish.

Tanlangan materialning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini o‘quv metodi va shakllarini ko‘rib hal qilish mumkin emas. Buning uchun nazariy, amaliy va metodologik o‘zaro bog‘liqligi, didaktik va eksperimental metodlardan olingan yetarlicha ishonchli bo‘lgan tashxislari va amaliyotda bo‘lgan dalolatnomalarni o‘zaro bog‘lab hal qilish kerak bo‘ladi.
Kasb pedagogikasining tarix sahifalari. Malakaviy bilim berishda asosiy rivojlanish tizimining tendensiyalari

Mustaqil Respublikamiz amaliyotida qo‘llanayotgan qomusimizda belgilab berilgan qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari; iymon, e’tiqod, mehr, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat, do‘stlik, muruvvatlilik, qanoatlilik va sabr-toqatlilik, saxiylik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirish zarurdir.

Asrlar davomida inson aql-zakovati ila bunyod etilgan boy ma’naviyatimiz tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og‘zaki, yozma ijodiyot, hadisi sharif, xalq kitoblari, pandnomalarida avlod-avloddan o‘tib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va maliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.

Demak,


  • barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ijobiy fazilatlar mohiyati, mazmunini to‘g‘ri tushunish hamda tahlil qilib munosabat bildirish;

  • jamoada yashash, mehnat qilish malakalari egallash;

  • barkamol inson modulini tasavvur etish, uning ma’naviyatidagi zaruriy sifatlarni shakllantirish, shakl va yo‘llarini izlash.

Pedagogikaning uzoq yillar va bir necha avlodlar tajribasida yig‘gan ma’lumotlarni insoniyat tarixi hamma jabhalarida avlodlarni o‘qitish va malakaviy pedagogik bilimlar berish dunyo tarixida o‘zining alohida o‘rniga ega.

Quldorlik tizimida aqliy va jismoniy mehnat orasida farq bo‘lib, jismoniy mehnat qullar zimmasida edi. Quldorning asosiy ish faoliyati aqliy mehnat bo‘lib, ular asosan falsafa va siyosatni tashkil etgan. Bu esa o‘z vaqtida malakaviy mehnat bilimining g‘oyaviy rivojlanishiga ta’sir etadi.

O‘rta asr davomida diniy hukmronlik bo‘lib, unda kasblar xudo tomonidan berilgan, egallangan hunarga u urf-odatlar, ilohiyot va sirli deb qaralgan. Bu esa jamiyatda egallanayotgan hunarga munosabatni belgilaydi.

Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi, fan rivoji, madaniyati va texnikaning rivojlanishi bilan XV-XVII asrlarda malakaviy o‘qitishning muammolari, shakllari, ularni tashkil etish va samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishlar oshib bordi.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sotsial-iqtisodchilar ta’siri ostida G‘arbiy Yevropa pedagogikasida mehnat maktabini isloh qilish boshlandi. Uning asosiy yo‘lboshchisi Georg Kershensheyner hisoblanadi.

AQShda malakaviy pedagogikaning rivojlanishi mehnat va ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish sifatini oshirish, raqobatbardoshligini ko‘tarish bilan bog‘liqdir. Bu harakatlarni ilmiy tashkilotchisi AQShlik muhandis F.U.Teylordir. Uning ishlab chiqqan metodlari «Teylorizm» nomi bilan bizgacha yetib kelgan.

XX asr pedagoglari malakaviy pedagogikaning asosiy vazifasi debishlab chiqarish talabiga javob beruvchi, malakaviy va politexnik bilimlarni, mehnat va o‘qitishni o‘zida mujassamlashtirish texnologik shakllarni, malaka va ko‘nikmalarini oshirish va tarbiyalash deb tushunadilar.

Malakaviy pedagogikaning yangi rivojlanish bosqichi 50-yillarda xalq ta’limi tizimida hayot va maktab orasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qonundan boshlanadi.

70-80 yillarda malakaviy pedagogikaning rivojlanishi qiyin sotsial, siyosiy sharoitda kechdi. Uning rivojlanishiga sotsial iqtisodiy faktlar ta’sir ko‘rsatib, pedagogik fanlar davlatning va siyosatning qattiq chegaralangan qarorlari ostiga tushib, fanning ko‘p qirralari yechilishi ruxsat etilmay, umumiy malakaviy bilim berish qattiq tazyiq ostida qoldi. Bu esa o‘z vaqtida iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keldi. Bir tomondan jamoa ish faoliyatining pasayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarishdagi ishchilarni malakasini oshirish va real yangiliklarni berishga to‘sqinlik qildi.

Bugungi kunga kelib, malakali bilim tizimining rivojlanish tendensiyasi bilimni regionlashtirish, integratsiyalash, standartlashtirish, demokratlashtirish va boshqalarning to‘xtovsiz rivojlanishini amalga oshiradi.



  1. Ta’limning uzluksizligi.

Birinchi marta uzluksiz ta’lim konsepsiyasi 1965 yilda YUNESKO Forumiga taqdim etilgan edi. Uni yirik nazariy olim Lengrandom olib chiqqan edi. Uzluksiz ta’limning asl mohiyatini biz «Bibliya», «Qur’on», «Hadislar» va hikmatli so‘zlarda, umuman insoniyat tarixi va rivojlanishi hamda guvohi bo‘lgan muqaddas kitoblarda ham ko‘ramiz.

  1. Ta’limning birlashishi.

Ta’limning rivojlanishi so‘nggi 20 yil davomida hujjatlarda 2 aspekt to‘g‘risida so‘z boradi.

  1. Ilmiy texnikaning yutuqlari.

  2. Ilm va texnika yutuqlari, yangi texnologiya, yangi qo‘llanmalar, ma’lumotlarni qayta ishlab chiquvchi moslamalarni keltirib, bu esa fanni rivojlantirishga olib keladi.

  3. Ta’lim standartlari.

Boshlang‘ich malakaviy ta’lim standartlari berilgan ta’lim bosqichlarini va maqsadlarini talab qiladi.

  1. Mutaxassis ishchi xodimlarning ta’limini davom ettirishi uchun minimal darajaga javob beruvchi baza tashkil etish.

  2. Mutaxassislarning profilini mutaxassis tayyorlov sifatini oshirish orqali kengaytirish.

  3. Uzluksiz ta’lim tizimi aloqasini yaxshilash va tayyorlov aspektlarini tartibga keltirish.

  4. Davlat ichida va davlat tashqarisida xalqaro mehnat bozorida mutaxassislarning olgan bilimlariga ishonchni ta’minlash.


O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:

  1. Kasbiy pedagogikaning falsafiy metodologik asoslari deganda nimani tushunasiz?

  2. Ma’naviy va madaniy shakllanish jarayoni nima?

  3. Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlarni sanab bering.

  4. Kasb pedagogikasining tarix sahifalarini eslab kuring.

  5. Malakaviy bilim berishda asosiy rivojlanish tizimining tendensiyalarini sanab bering.


Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  1. Abdiquddusov O., Rashidov H. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi.O‘quv qo‘llanma. – T: O‘MKHTTKMOvaUQT instituti, 2009. - 120 b.

  2. Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga yo‘llash. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. - 165 b.

  3. Olimov Q.T. Kasb ta’limi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 164 b.

  4. Xakimova M.Kasbiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. - 193 b.

  5. Xasanboyev J., Sariboyev H., Niyozov G., Hasanboyeva O., Usmonboyeva M. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 158 b.

  6. Xasanboyev J., To‘rakulov X., Xaydarov M., Xasanboyeva O., Usmonov N. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnologiya, 2009.

  7. Kurbanov SH.YE., Seytxalilov YE.A. Ta’lim sifatini boshkarish. - T.: Shark, 2006. – 592 b.


3-MAVZU. O‘rta Osiyo xududida kasbiy ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari
VIII-XIII асрларда Ўрта Осиёда шаклланган, замонавий касбий таълим тизимининг фундаментал асослари.

Миллий ғоянинг шаклланиши, ёшларни умумбашарий ва миллий қадриятлар руҳида тарбиялаш учун ҳалқ педагогикаси тажрибасига таяниш мақсадга мувофиқдир.VIII-XIII асрларда Ўрта Осиёда шаклланган, замонавий касбий таълим тизимининг фундаментал асосларини билиш мақсадида барча авлод олимлари, мутафаккирлари, педагоглари, ишлаб чиқариш ва ҳалқ хунармандчилик усталари тажрибаси ва ривожланишини таҳлил этишни тақозо қилади. Қуйидаги 1-5-жадвалларда тарихий манбалар ва мутафаккирларни касб, ҳунарга оид тушунчалари келтирилган.



3.4. Моворауннаҳр маданияти ривожланиши даврида, Х-ХII ва ХIV-ХVI асрларда касбий таълим.

Моворауннаҳр маданияти ривожланиши даврида, Х-ХII ва ХIV-ХVI асрларда касбий таълим ксб, ҳунар ҳақидаги фикр-мулоҳазаларга асосланди. Туркистонда VIII-XIII асрларда жамият таълим асос бўлган барча янги ғоялар, маданият ва фанга очиқ ва жўшқин бўлган даврда касбий таълим тажрибалари мутафаккирларнинг фикр-мулоҳазалари асосида ривожланди



Тарихий манбаларга касб, ҳунарга оид тушунчалар

Тарихий манбалар

Касб, ҳунарга оид тушунчалар

Энг қадимги маданий бойликларимизни ўрганишда қуйидаги уч гуруҳга ажратилган манбаларга таянамиз:

  1. Археологик қазилмалар натижасида топилган кўргазмали ашёлар.

  2. Халқ оғзаки ижоди материаллари ҳамда ёзма манбалар.

  3. Буюк адиблар, алломаларнинг ижодий мероси.




Дастлабки уруғчилик жамиятидан олдин ҳам инсон яшаш учун курашган, мазкур даврда уруғнинг áарча аъзолари жамоа бўлиб ҳаракат қилганлар. Кейинроқ кишилар меҳнат фаолиятини жамоа аъзоларининг ёш жиҳатларига кўра қуйидаги уч гуруҳ асосида ташкил этганлар:

  1. болалар ва ўсмирлар;

в) ижтимоий ҳаёт ва меҳнатда тўла иштирок этувчилар;

с) кексалар.



Ибтидоий жамиятда бола ўзи уддалай оладиган фаолиятнинг ташкил этилишида бевосита иштирок этиб, ҳаёт кечириш ва меҳнат қилиш кўникмаларини ўзлаштирган. Бу ҳолат оғир шароитда кечган. ўғил болалар эркаклар билан ов қилиш, қурол ясаш каби юмушларни бажарсалар, қизлар аёллар томонидан бажариладиган меҳнат сирларини ўзлаштирар эдилар. Ҳеч қаерда ёзилмаган одат ва анъаналарга кўра, ёш болалар кексалар назорати остида маълум тажрибаларга эга бўлардилар. Бола маълум тайёргарликлардан сўнг махсус синовлардан ўтиб, амалий фаолиятда фаол иштирок эта олиш ҳуқуқини қўлга киритар эди. Ушбу анъана, яъни, болаларни маълум ёшгача энага ёки мураббийга топшириш яқин даврларгача сақланиб қолган, ҳатто ҳозирги кунда ҳам кўзга ташланади

Уруғчилик жамоаси босқичида эса болалар меҳнатининг кўлами кенгайиб, касб-ҳунар фаолиятининг турлари кўпайиб боради



Тажрибали кишилар болаларни тарбиялаш билан бирга уларни ёзишга ҳам ўргата бошлайдилар. Аста-секин ҳарбий тарбиянинг бошланғич кўринишлари юзага кела бошлайди. Болаларга ҳарбий санъат сирларини ўргатиш анча мураккаб иш бўлиб, ушбу тарбияни ташкил этиш махсус билим ҳамда тайёргарликка эга бўлишни тақозо этар эди. Шу боис махсус ҳарбий билим ва тайёргарликка эга бўлган кишилар болаларга бу борадаги билимларни бериш жараёнига жалб этила бошладилар

Жамиятнинг ижтимоий жиҳатдан тараққий эта бориши болаларга далаларни ўлчаш, сув тошқинларининг олдини олиш, кишиларни турли касалликлардан даволаш усулларига оид билимларни беришга бўлган эҳтиёжни юзага келтирди

Авесто

Зардушт Ахура Маздадан дунёда шодлик ва бахт макони, энг севимли жой қаерда эканини сўраганда, у шундай жавоб беради: у шундай жойки, кишилар у ерда уй-жой қурадилар, оташкада (ибодатхона)лар барпо этадилар, деҳқончилик ва чорвачилик билан шуғулланиб, бола-чақали бўладилар; мен ҳар иккала қўли билан меҳнат қилувчи кишини қўллайман, унинг ишига барор, ҳосилига барака бағишлайман, дейди. Бунда меҳнат, деҳқончилик ёвуз кучларга қарши кураш, яхшилик манбаи, таянчи деб кўрсатилади

Бироқ бахт-саодатга эришиш учун меҳнат қилиш лозим. Шу боис, бахтга эришишнинг ягона ва ишончли йўли меҳнат қилиш эканлигига алоҳида эътибор қаратилади: “Чорвадорлар тўқ бўлсин учун чорвани муттасил парвариш қилмоқ лозим”

Ислом дини

Исломий ғоялар одамларни яхшиликка даъват этади, уларни ёмонликдан қайтаради. Инсонпарварликни тарғиб этиб, разолатни қоралайди, одоб-ахлоқ, руҳий-маънавий поклик, меҳнат қилиш ҳамда ер юзини обод ва гўзал этишга ундайди. У адолат, тенглик, тинчлик, эркни тарғиб этади

4-MAVZU Ўрта Осиё мутафаккир олимлари касбий таълим ҳақида

Мутафакирларнинг касб, ҳунарга оид фикр-мулоҳазалари


Мутафаккирлар

Касб, ҳунарга оид тушунчалар

Яссавия тариқати “Ҳикмат” асари

Бу асарда Яссавия таълимотидаги поклик, ҳалоллик, тўғрилик, меҳр-шафқат, ўз қўл кучи, пешона тери ва ҳалол меҳнати билан кун кечириш, Аллоҳ таоло висолига етишиш йўлида нисонни ҳам бтинан, ҳам зоҳиран ҳар мтомонлама такомиллаштириш каби умуминсоний қадриятлар ифода этилган.

Баҳоуддин Нақшбанд

“Дил ба ёру, даст ба кор” (Дил ёрда, қўл иш (меҳнат)да) шиори фикримизнинг ёрқин исботидир. Шунинг учун ҳам Нақшбандия сулукига кирган кишилар меҳнат қилиш эвазига ҳаёт кечирар эдилар. Туну кун тоат-ибодат билан шуғулланиб, оила, жамият юмушларини тарк этиш эмас, балки оилани фаровон, мамлакатни обод этиш йўлида меҳнат қилиш талаб этилар эди.

Абу Наср Форобий

Таълим – деган сўз халқлар ва шаҳарликлар ўртасида назарий фазилатни бирлаштириш, тарбия эса шу халқлар ўртасидаги туғма фазилат ва амалий касб ҳунар фазилатларини бирлаштириш деган сўздир.

Таълим фақат сўз ва ўргатиш билангина бўлади. Тарбия эса, амалий иш тажриба билан, яъни шу халқ, шу миллатнинг амалий малакалардан иборат бўлган иш - ҳаракат, касб - ҳунарга берилган бўлиши, ўрганишидир



Амалий фазилатлар ва амалий санъат (касб-ҳунар)лар ва уларни бажаришга одатланиш масаласи”га келганда, бу одат икки йўл билан ҳосил қилинади: булардан биринчиси – қаноатбахш сўзлар, чорловчи, илхомлантирувчи сўзлар ёрдамида одат ҳосил қилинади, малакалар вужудга келтирилади, одамдаги ғайрат, қасд-интилиш ҳаракатга айлантирилади.

Иккинчи йўл (ёки усул) – мажбур этиш йўли. Бу усул гапга кўнмовчи, қайсар шаҳарликлар ва бошқа саҳройи халқларга нисбатан қўлланилади. Чунки улар ўз истакларича сўз билан ғайратга кирадиганлардан эмаслар. Улардан бирортаси назарий билимларни ўрганишга киришса, унинг фазилати яхши бўлади. Касб ҳунарларни ва жузъий санъатларни эгаллашга интилиш бўлмаса, бундай одамларни мажбур этмаслик керак. Чунки шаҳар халқларига тарбия беришдан мақсад – уларни фазилат эгаси қилиб ва санъат аҳлларига айлантиришдир.



Абу Райҳон Беруний

Энг муҳими, мутафаккир, инсон камолотида, меҳнат ва меҳнат тарбияси ҳақида муҳим фикрларни баён этади. У ҳар бир ҳунар эгасининг меҳнатига қараб турларга бўлади. Оғир меҳнат сифатида бинокор, кўмир қазувчи, ҳунарманд, фан соҳиблари меҳнатини келтиради. Айниқса илм аҳли – олимлар меҳнатига алоҳида эътибор бериш, ҳайрихоҳ бўлишга чақиради, уларни маърифат тарқатувчилар, жамият равнақига ҳисса қўшувчилар деб, билади: шу билан бирга, оғир меҳнат қилувчи кончилар, ер остида гавҳар изловчилар, деҳқонлар ҳақида гапириб, уларнинг меҳнатини рағбатлантириб туриш керак, дейди. Айниқса, подшохлар бундай меҳнат аҳлига ғамҳўр бўлиши кераклигини алоҳида эслатади. Чунки, ана шу меҳнат аҳли улар ҳукмронлигининг таянчи, деб таъкидлайди.

Олим болаларни меҳнатга ўргатиш методлари, йўллари ҳақида ҳам фикр юритади. Масалан, болаларни энг кичик ёшидан меҳнатга ўргатиш керак дейди. Меҳнат тарбиясида ўша давр тарбия анъанасига биноан ворисликка катта аҳамият беради.

Ҳунармандчиликка оид, шогирд тайёрлаш жараёни, усталарнинг ҳунар ўргатиш методлари ҳақида ҳам қимматли фикрлар баён этилган. Бунда ҳозирги педагогика Фани тили билан айтганда, шахсий намуна методидан фойдалангани, иш жараёни бевосита ҳам назарий, ҳам амалий жиҳатдан устахонанинг ўзида бажарилгани шогирдларнинг малакали уста бўлиб етишишида катта аҳамиятга эга бўлган.

Абу али ибн Сино

Оила муносабатларига тўхталар экан, айниқса ота-оналарнинг оилада меҳнатсеварлиги билан фарзандларини ҳам касб ва ҳунарга ўргатиши борасида муҳим фикрлар баён этади. Инсоннинг хулқи ва руҳига меҳнатнинг ижобий таъсирини таъкидлаш билан бир қаторда турли касб эгалари: ҳунарманд, деҳқонлар меҳнатини улуғлайди ва қиморбоз, судҳўр кабиларни қоралайди. У меҳнатсиз ҳаёт кечириш инсонга ҳам жисмоний ҳам руҳий томондан салбий таъсир этишини тўғри талқин этади.

Юсуф Хос Ҳожиб

Инсонга билим нечоғлик зарур бўлса, касб-ҳунар эгаллаш ҳам шунчалик муҳимлигини асарида алоҳида таъкидлайди. Шунга кўра у асарда турли тоифадаги кишилар борасида фикр юритар экан, ҳунармандлар ҳақида ҳам илиқ фикрлар баён этади[; 111].

Жамият тараққиёти ва халқ фарованлигида муҳим ўринга эга бўлган деҳқонлар, чорвадорлар, савдогарлар, табиблар, олимлар ҳақида ҳам муҳим фикрлар баён этади ва ҳар бирининг жамиятдаги ўрнини кўрсатиб беради [; 112].

Жамиятнинг ривожланишига ҳисса қўшган ҳар бир касб, ҳунар эгасини улуғлайди ва уларни қадрлаш зарурлигини таъкидлайди [; 112].

Кайковус

... барча фикр ва тушунчаларимнинг сенинг учун китобга ёздим ва ҳар бир илм, ҳам ҳунар ва ҳар пешаким билур эдим, ҳаммасини қирқ тўрт бобда баён этдим

Китобда жувонмардлар эгаллаши зарур бўлган қуйидаги йўналишларда таълим-тарбия бериш назарда тутилган:

  1. Кайковус билим олиш ҳақида.

  2. Ҳунар ва турли касб эгалари ҳақида.

  3. Турмуш ва хулқ-одоб қоидалари ҳақида.

  4. Жисмоний етуклик ҳақида.

Кайковус илмни учга бўлади: бирор касб-ҳунарга боғлиқ бўлган илм; илм билан боғлиқ касб-ҳунар ҳамда хайр ва далолатга тааллуқли одат.

Биринчисига, яъни бирор касб билан боғлиқ илмларга табиблик, мунажжимлик, муҳандислик, ер ўлчаш, шоирлик ва бошқалар киритилади. Илмга тааллуқли касблар мусиқа асбоблари устаси, ҳайвонларни даволовчи, бинокорлик ва бошқалар бўлиб, ҳар қандай уста бўлса ҳам бу борадаги илмни билмаса, ҳеч иш қила олмаслиги таъкидланади.



унинг турли касб-ҳунар вакиллари ҳақидаги фикрлари амалиётга татбиқ этишда ўта муҳимлиги билан диққатга сазовор

деҳқончилик илмини эгаллаш, мазкур ишда ерни тарбия қилиш, тезкор ва ғайратли бўлишни таъкидлайди. Бошқа ҳунарларни эгаллашда ҳам ростгўй бўлиш, хиёнат қилмаслик, муҳтожларга ёрдам қилиш каби хислатларга эга бўлишга ундайди. Айниқса, унинг бозор билан боғлиқ касб-ҳунар кишиларига берган ўгитлари қизиқарли. Масалан, у: “Бозор халқи била бозори бўлғил. Тош ва тарозини рост қилғил. Ўз ақчанг ҳақида икки дил ва икки ҳамён бўлмағил. Шерикларингга хиёнат қилмағил, ҳар пешаким қилсанг, унга ҳийла қилмағил ва ҳамиша ҳамма ишингни бирдек қилғил. Агар молдор бўлсанг, муҳтожга қарз бермоқни ғанимат билғил”, — деб тўғри таъкидлайди. Бу пандлар ҳам ҳукмдорга, ҳам оддий фуқарога баб-баравар зарур бўлиб ҳисобланади. Бу билан Кайковус ёшларда меҳнатсеварликни, меҳнаткаш инсонга ҳурмат туйғусини тарбиялайди, жисмоний меҳнат билан ҳам ақлий меҳнат каби шуғулланиш лозимлигини баён этади.

Муслиҳиддин Саъдий

Улуғ мураббий билим олиш билан бирга ҳунарнинг ҳам инсон учун қай даражада афзаллигини уқтиради. Чунки “...ҳунар қайнар булоқ, туганмас давлат, дейди у, - агар ҳунарманд молидан маҳрум бўлса, қайғуси йўқдир, чунки ҳунарнинг ўзи давлатдир. Ҳунарманд қаерга борса, қадрланади ва уйнинг тўридан жой олади. Ҳунарсиз одам эса, ҳамиша машаққат чекади, тиланчилик қилади”


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling