O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети


Download 1.55 Mb.
bet7/18
Sana11.10.2020
Hajmi1.55 Mb.
#133345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Касбий педагогика мажмуа1


O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi. Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiqo‘rta maxsus ta’lim beradi. o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin.

Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;

kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;

hududlarning jo‘g‘rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.



Oliy ta’lim. Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.

Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.

Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Magistratura aniqmutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

“Magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan chet ellardagi yetakchi o‘quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;

oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish;

oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;

ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish;

yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;

xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichi (doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi.

Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda fan doktori ilmiy darajassi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqoliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;

kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;

fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.



Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;

yuqori malakali o‘qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to‘ldirib borishni ta’minlash;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiqkadrlar va mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish;

professional treningning ilg‘or texnologiya va uskunalarini, shuningdek murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‘zlashtirib olish.



Maktabdan tashqari ta’lim. Bolalar va o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.

Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

ta’lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;

milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;

o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalqhunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:


  1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari.

  2. Uzluksiz ta’limni islox qilish yo‘nalishlari.

  3. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.


Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  1. Abdiquddusov O., Rashidov H. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi.O‘quv qo‘llanma. – T: O‘MKHTTKMOvaUQT instituti, 2009. - 120 b.

  2. Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga yo‘llash. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. - 165 b.

  3. Olimov Q.T. Kasb ta’limi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 164 b.

  4. Xakimova M.Kasbiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. - 193 b.

  5. Xasanboyev J., Sariboyev H., Niyozov G., Hasanboyeva O., Usmonboyeva M. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 158 b.


9-MAVZU. UZLUKSIZ, KASB-HUNAR TA`LIMI TIZIMIDA O’RTA MAXSUS TA`LIMINING O’RNI VA AHAMIYATI

Reja:

  1. «O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi» (O’MKHT) tushunchasi.

2. O’MKHT ta`lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji tushunchalari.

«O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi» (O’MKHT) tushunchasi

O‘zbekiston respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi ifodalangan.

O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim olish maqsadida xar kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-xunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash xuquqiga ega.

Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari egallangan kasb-xunar bo‘yicha ishlash xuquqini beradigan xamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi beradi.

Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-xunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.

Kasb-xunar kolleji o‘quvchilarning kasb-xunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-xunar o‘quv yurtidir.


O’MKHT ta`lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji tushunchalari

Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiqo‘rta maxsus ta’lim beradi. o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin.

Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shuјullanish huquqini beradi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;

kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;

hududlarning jo‘јrofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:


        1. «O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi» (O’MKHT) tushunchasi nima?

2. O’MKHT ta`lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji tushunchalari nima?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  1. Abdiquddusov O., Rashidov H. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi.O‘quv qo‘llanma. – T: O‘MKHTTKMOvaUQT instituti, 2009. - 120 b.

  2. Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga yo‘llash. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. - 165 b.

  3. Olimov Q.T. Kasb ta’limi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 164 b.

  4. Xakimova M.Kasbiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. - 193 b.

  5. Xasanboyev J., Sariboyev H., Niyozov G., Hasanboyeva O., Usmonboyeva M. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. - 158 b.



10-MAVZU. TA`LIM VA ISHLAB CHIQARISH O’RTASIDAGI ALOQALARNI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI

Reja:

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar sharoitida kasbiy ta`lim tizimini isloh qilish.

2. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat yuritishda ta`lim muasasalarining mustaqilligini oshirish.

  1. O’rta-maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarining ishlab chiqarishga moslashuvi.

Тушунчалар ва таянч иборалар.

Интеграция, таълим, фан, ишлаб чиқариш


Мавзунинг қисқача таърифи.

Кичик мутахассисларнинг ўқишни тугатгандан сўнг корхоналарда ишлаб чиқариш жараёнларига киришиб кетиш жараёнининг ижтимоий жиҳатлари. Кичик мутахассисларнинг ўқишни тугатгандан сўнг корхоналарда ишлаб чиқариш жараёнларига киришиб кетишнинг психологик жиҳатлари. Ҳозирги кунда жамиятимизда ижтимоий-иқтисодий ўзгаришларнинг жадал амалга оширилиши, таълим тизимининг босқичма-босқич ислоҳ қилиб борилиши-мураккаб ижтимоий ҳодиса сифатида умумэътиборли ва маънавий қизиқишига молик жараёнга айланди. Таълим тизимининг умумий мақсади тенг ҳуқуқли ва демократик давлат талабига жавоб берувчи жамият аъзоларини тарбиялаб беришдан иборатдир. Касбий ишлаб чиқариш фаолиятига мослашув ёрдамида инсон ҳаётига, ижтимоий муносабатлар ривожланишига маълум таъсир кўрсатиш мумкин. Ишлаб чиқаришга мослашувнинг ижтимоий уйғунлашуви эса техникани тараққий эттиришнинг муҳим омили ҳисобланади. Бўлажак кичик мутахассисларни тайёрлашдаги мураккаб муаммолар қаторида ишлаб чиқариш фаолиятига мослашув ҳам ўзига хос ўрин тутади.

Корхоналрнинг янги хўжалик юритишга ўтиши, фаолият турлари кенгайиши ва ўзгариши, ўрта ва кичик бизнес ривожланиши ва жамиятнинг юқори малакали мутахассисларни тайёрлаш ижтимоий буюртмасини бажариш. Ижтимоий-иқтисодий ўзгаришлар шароитида касбий таълим тизимини ислоҳ қилиш. Кичик мутахассиларга (коллеж битурувчиларига) қўйиладиган талаблар. «Ижтимоий ҳамкорлик» тушунчаси. Ижтимоий ҳамкорлар билан фаолият юритишда таълим муасасаларининг мустақиллигини ошириш. Корхона ва таълим муассасаларининг янги турдаги ҳамкорлик шакллари: ижтимоий ҳамкорлар билан икки ёқлама, уч ёқлама шартномалари.
Ижтимоий-иқтисодий ўзгаришлар шароитида касбий таълим тизимини ислоҳ қилиш.

Кадрлар тайёрлаш Миллий дастурининг 5-модели кадрлар тайёрлаш тизимида ишлаб чиқаришдан иборат.

Ишлаб чиқаришнинг талаб-эҳтиёжлари кадрлар тайёрлаш тизимининг йўналиши, даражаси ва миқёсларини шакллантиради, касб тайёргарлигининг мақсади, вазифалари ва мазмунини белгилайди, малака талабларини илгари суради, таълимнинг мувозий технологиялари ва шаклларини танлашни тақозо этади. Ишлаб чиқариш пировард натижада кадрларнинг сифати ва рақобатбардошлигига баҳо беради.

Ишлаб чиқаришнинг кадрлар тайёрлаш тизимидаги вазифалари қуйидагилар билан белгиланади, чунончи у:

турли савия ва малакадаги мутахассисларга бўлган талаб-эҳтиёжни шакллантиради;

ўз ихтиёридаги моддий-техника, молия, кадр ресурслари ҳамда кадрларни ўқитиш, малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш учун зарур бошқа ресурсларни бериш билан узлуксиз таълим тизимига кўмаклашади;

муассис, васий, донор, ҳомий тариқасида айрим мутахассисларни ва гуруҳларни мақсадли тайёрлашни, шунингдек турли тип ва даражадаги ўқув юртларини молиялашда қатнашади;

таълим ва илм-фаннинг турли шакллардаги интеграциясини (муваққат ижодий жамоалар, ўқув-илмий-ишлаб чиқариш мажмуалари, марказлари, технопарклар, технополислар) ривожлантиради.

Ишлаб чиқаришнинг кадрлар тайёрлаш тизимидаги мавқеини кучайтириш қуйидаги йўллар билан таъминланади:

таълимни корхонадаги унумли меҳнат билан, шу жумладан ишлаб чиқариш амалиёти жараёнидаги меҳнат билан қўшиб олиб бориш асосида юқори малакали кадрлар тайёрлаш;

кадрлар тайёрлаш ҳамда биргаликда илмий-технология ишланмаларини олиб боришда корхоналарнинг ишлаб чиқариш салоҳиятидан фойдаланиш;

таълим олувчиларни меҳнат жамоаларида тарбиялаш (меҳнат, маънавий ва жисмоний тарбиялаш);

ишлаб-чиқаришнинг талаб-эҳтиёжларини инобатга олиб, техника ва технологияларни ривожлантиришнинг янги йўналишлари бўйича кадрларни тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш;

ишлаб чиқаришнинг иқтисодий ва технология муаммоларини ҳал этиш учун олий таълим муассасалари ва илмий ташкилотларнинг илмий салоҳиятини жалб этиш;

педагог кадрларнинг илғор технологиялар соҳасидаги малакасини бевосита ишлаб чиқаришда мунтазам ошириб бориш;

ишлаб чиқаришнинг юқори малакали кадрларини таълим жараёнига ва педагогик фаолиятга жалб этиш;

ишлаб чиқариш амалиётини ўтиш учун таълим олувчиларни иш жойлари билан таъминлаш;

ўзаро интеграцияланган таълим муассасаларини замонавий ускуналар, аппаратлар ва асбоблар билан жиҳозлаш [4; 52-53].


Ижтимоий ҳамкорлар билан фаолият юритишда таълим муасасаларининг мустақиллигини ошириш

Ижтимоий-иқтисодий ўзгаришлар шароитида касбий таълим тизимини ислоҳ қилиш Ижтимоий-иқтисодий ўзгаришлар шароитида касбий таълим тизимини ислоҳ қилиш. Кичик мутахассиларга (коллеж битурувчиларига) талаблар қўйилади. Ижтимоий ҳамкорлар билан фаолият юритишда таълим муасасаларининг мустақиллигини ошириш мақсадида корхона ва таълим муассасаларининг янги турдаги ҳамкорлик шакллари: ижтимоий ҳамкорлар билан икки ёқлама, уч ёқлама шартномалари тузилади. Қуйида Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги тизимига кирувчи ташкилотлар ва муассасалар рўйхати 2.

I. Маданият муассасалари

1. «Ўзбектеатр» ижодий-ишлаб чиқариш бирлашмаси.

2. «Ўзбекнаво» эстрада бирлашмаси.

3. «Шарқ тароналари» халқаро мусиқа фестивалининг бош дирекцияси

4. Академик, халқ ва бадиий жамоалар дирекцияси.

5. Оркестрлар (симфоник оркестр, камер оркестри, халқ чолғу асбоблари оркестри).

6. «Ўзбекрақс» миллий рақс бирлашмаси.

7. «Ўзбекдавлацирки» республика бирлашмаси.

8. «Саҳнадаги цирк» кўчма корхоналар дирекцияси.

9. Олий таълим муассасалари (Ўзбекистон давлат консерваторияси, Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институти, Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби) 3.

10. Ўрта махсус таълим муассасалари.

11. Республика методика ва ахборот маркази.

12. Ижодкор ёшлар уйи.

13. Халқ ижодиёти ва маданий-маърифий ишлар республика илмий-методик маркази.

14. Маданий мерос объектларини муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш илмий-ишлаб чиқариш бош бошқармаси.

15. Бадиий экспертиза бошқармаси.

16. «Ўзбекмузей» республика жамғармаси, республика музейлари.

17. «Гулистон», «Театр», «Мозийдан садо» журналлари таҳририятлари.

18. Мусиқа ва санъат мактаблари.

19. «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» газетаси таҳририяти.

20. Кўзи ожизлар учун кутубхоналар4.

21. Марказлаштирилган бухгалтерия.

22. Репертуар-таҳририят ҳайъати.

23. Бадиий жамоалар ижодий бирлашмаси 5.



Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги тизимига кирувчи ташкилотлар ва муассасалар рўйхати

«Ўзбекрақс» бирлашмаси таркибига кирувчи жамоалар рўйхати

1. «Баҳор» давлат халқ рақс ансамбли

2. «Зарафшон» давлат фольклор ансамбли

3. «Лазги» давлат вокал-хореография ансамбли

4. «Тановар» миллий рақс ансамбли

5. «Баҳор» концерт зали

6. Миллий рақс жамғармаси

7. «Ўзбекрақс» бирлашмасининг Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлардаги ансамбллари:

«Айқулаш» миллий рақс ансамбли (Қорақалпоғистон)

«Сумалак» миллий рақс ансамбли (Андижон)

«Лола» миллий рақс ансамбли (Бухоро)

«Гулираъно» миллий рақс ансамбли (Жиззах)

«Момогул» рақс ансамбли (Қашқадарё)

«Навоий наволари» ансамбли (Навоий)

«Наманган гуллари» миллий рақс ансамбли (Наманган)

«Самарқанд баҳори» рақс ансамбли (Самарқанд)

«Дўстлик» ансамбли (Сирдарё)

«Бойсун» фольклор-этнографик ансамбли (Сурхондарё)

«Гулдаста» ансамбли (Сурхондарё)

«Шалола» ансамбли (Тошкент вилояти)

«Анор» қўшиқ ва рақс ансамбли (Фарғона)

«Камалак» ансамбли (Фарғона)

«Хоразм наволари» миллий рақс ансамбли (Хоразм)


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling