O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi jizzax viloyati Bahmal 2-son pedagogika kolleji
“INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI" O’QUV FANI (MODULI) BO’YICHA O’TKAZILADIGAN METOD, USUL VA VOSITALAR
Download 150.35 Kb.
|
inklyuziv ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- “INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI ” O’QUV FANI (MODULI) BO’YICHA DIDAKTIK VOSITALAR
“INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI" O’QUV FANI (MODULI) BO’YICHA O’TKAZILADIGAN METOD, USUL VA VOSITALARO’qituvchi ma’lumotlarni to’plashi tanlashi va qayta ishlashi, nazariy va amaliy jihatlarini ko’rib chiqishi, o’rganilgan axborotlardan pedagogik faoliyatda foydalanishi lozim. U shundagina o’quvchining bilish faoliyatini faollashtira oladi. Natijada ularning nazariy bilimini, ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. O’quvchilarning ushbu fanni samarali o’zlashtirishlarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogic texnologiyalarni tatbiq qilish, multimediya tizimidan foydalanish, darslarni o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Darslarni o’qitishda ta’lim tizimiga kirib kelgan “Case studu” “SWOT”, “Klaster”, “Sinkveen”, “CHarxpalak” “bumerang”, ,”FSMU”,“BBB”, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Romashka metodi”, “Baliq skeleti”, “Baxs munozara”, “Davra suhbati”,”Blits-o’yin”,”Ven diogrammasi” kabi texnologiyalardan, shuningdek, audio-, video-, kompyuter texnikasidan foydalaniladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dars oqilona tashkil etilishi, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishi o’rganilib, ta’lim jarayonida faolligi mutassil ta’minlanishi, o’quv materialini mazmunini ochib berishda har bir uslubdan o’z o’rnida foydalanish, ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. “INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI ” O’QUV FANI (MODULI) BO’YICHA DIDAKTIK VOSITALARMazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axbotot kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi nazarda tutilgan. Ma’ruzalar o’tkazilishida fanlar namunaviy dasturda ko’zda tutilgan har bir mavzuni vizual tasavvur orqali o’qitilishini ta’minlovchi demonstratsion uskunalari va o’quv ko’rgazmali qurollar to’plami. “Inklyuziv ta’lim asoslari ” fanidan ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalari. “Inklyuziv ta’lim asoslari ” fanining amaliy mashg’ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalari, shuningdek, kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi. -“Inklyuziv ta’lim asoslari” fani bo’yicha amaliy darslar jadvalda ko’rsatilgan mavzular yakunida tavsiya etiladi. O’qituvchi talabalarning bilim saviyasi va o’qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib bu mashg’ulotlarni tashkil etadi. -Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda davlat dasturlari, qabul qilingan yangi qarorlar, maktabgacha yosh bilan bog’liq bo’lgan dasturlardan, internet ma’lumotlaridan foydalanish va mazmunan bog’lash maqsadga muvofiqdir. Kompyuter, DVD-diskovod, videoglaz, ekran, videoproyektor, kodoskop, multimedia, prezentatsiya (namoyish qiluvchi dasr ishlanmalari), jadvallar, bukletlar, rangli suratlari, rasmlar, didaktik materiallar. Ko’rgazma materiallar, tarqatma materiallar, ko’rsatmali materiallar keng foydalaniladi. Download 150.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling