O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet112/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: mavzuga oid qo`shiqni tinglash.
E`tiborga molik jihati: bolalarni ijodiy qobiliyatlarini va loy ishi texnikasini qo`llash malakalarini rivojlantirish.
San`at markazi
Mavzu: Suratlarni bo`yash. «Dmkovskayao`yinchog`i»
Maqsad: qo`shni mamlakatlarning (Rossiya) loydan yasalgan o`yinchoqlari bilan tanishish, o`yinchoqning nomini bilish, bo`yashning noan`anaviy usullarni qo`llagan holda tasvirni qog`ozga tushirish, naqshni geometrik shakllarini qo`llaydi (doira, to`g`ri va to`lqinsimon chiziqlar, to`rtburchak, nuqtalar).
Kerakli Jihoz va materiallar: «Dshkovskaya o`yinchog`i» taqdimoti va bo`yash daftari, bo`yoq, mo`yqalam, suv uchun idish, qog`oz, sochiqcha, paxtali tayoqchalar, qora qalam, suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Tashqiliy qism.

  2. Kirish: o`yinchoq haqida suhbat va taqdimot.

«Bolalar bizning mamlakatimizda loydan yasalgan o`yinchoqlar bor, ularni «Hamro buvi o`yinchoqlari» deb ataymiz, Rossiyada ham loydan o`yinchoq yasaydigan ustalar bor. Xal ustalari yashaydigan joylarni Hunarmandlar markazi deb atashadi.Bugun men sizlarni Dimkovka o`yinchog`i bilan tanishtiraman.

  1. Bezashni ketma-ketlikda tushuntirib berish.

  2. Mustaqil bo`yash.

  3. Jismoniy daqiqa.

  4. Xulosa qilish.

Qo`shimcha qism: turli millatga mansub loydan yasalgan xalq o`yinchoqlarini tomosha qilish, o`xshash jihatlarini aniqlash, farqlarini topish.
E`tiborga molik jihati: estetik qabul qilish, rang va ritmni his qilishni rivojlantirish, xalq amaliy san`atini chuqurroq his qilishni o`rgatish, boshqa malakatlarning xalq san`atiga nisbatan hurmatni tarbiyalash, bolalarga o`zlarini xalq ustalaridek tutish imkoniyatini berish.
FEVRAL UChINChI HAFTASI
MAVZU: «O`ZBEKISTONNING BUYUK SIYMOLARI» .
Qurish va yasash, matematika markazi

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling