Mavzu: «Raketa» Origami+applikasii
Maqsad: origami ish usullarini biladi, chizma bo`yicha ishlash ko`nikmalarini shakllantirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: tayyor ishlar namunasi, tungi osmon uchun ko`k rangdagi vatman qog`ozi, to`rtburchak shaklidagi har xil rangdagi tomonlari 15 smli qog`ozlar, rangli qog`ozlardan kesilgan bo`lakchalar, yulduzlar uchun kumush rangli yaltiroq qog`oz, yulduz shakli, raketaning oynasi (illyuminator), raketani yasash algoritmi, yelim, mo`yqalam, qaychi.
Faoliyatni olib borilishi:
Kirish: suhbat.
Raketani qurish algoritmi bilan tanishuv.
Qog`ozdan raketani mustaqil buklash.
Raketa bilan mashq.
Qo`shimcha qism: raketa tasvirlarini tomosha qilish, videotaqdimotni ko`rish.
E`tiborga molik jihati: Bolalarga qog`ozni buklashda qiynalayotgan do`stlariga yordam berishni taklif qilish.
Qurish va yasash markazi
Mavzu: «Registon maydoni» (yirik qurilish ashyolarida foydalanib qurish)
Maqsad: Samarqand shahridagi Registon maydoni bilan tanishish, yirik qurilish ashyolari bilan ishlash usullarini bilish, inshoatlarni ijodiy quradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Registon» maydonining suratlari, yirik qurilish matreriallari.
Faoliyatni olib borilishi:
Kirish: suhbat. «Registon» maydonining suratlarini tomosha qilish.
Bolalarning ijodiy faoliyati .
Faoliyatni yakunlash.
E`tiborga molik jihati: qurilish tanlashda ijodiy yondashuv, BHX rioya etish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujetli rolli o`yin «Dorixona»
Maqsad: «Dorishunos» kasbi bilan tanishish, bemorga nisbatan hamdardlikni his qilish, muloqat madaniyati.
Kerakli Jihoz va materiallar: oqxalat, bosh kiyim, resept, tibbiy vositalar: paxta, bog`lam, shisha idishlar (banka), dorivor o`tlar qutichasi, tomizg`ich (pipetka), tonometr, fonendoskop.
Do'stlaringiz bilan baham: |