E`tiborga molik jihati: Mashina qismlari haqida tushunchani mustahkamlash.
Sahnalashtirilgan va syujetli-rolli o`yinlar markazi
«Atelye mod»
Maqsad: Dizayner ish faoliyatini tasavvur qila oladi. Diqqat,e`tibor, kuzatuvchanlik,ixtirolar rivojlanadi.
Jihoz va materiallar: mato qiyqimlari, tasmalar, ilgak, ip, qog`ozdan yasalgan katta qo`g`irchoq, qog`ozdan yasalgan tayyor kiyim.
Faoliyatni olib borilishi:
O`yin «Moxirani kiyintirish» ( tayyor kiyimlar)
O`z ishlari bo`yicha bolalar mato tanlaydi
O`zining qo`g`irchog`ini kiyintiradi
Kiyimlar namoyishi Qo`shimcha qism: Qiyqim matolardan do`sti uchun kiyim yaratadi va x.z E`tiborga molik jihati: Og`zaki nutq sifatiga ijodiy yondoshish
Til va nutq markazi
Suxbat «Paxtakor mehnat xaqida» Maqsad: Paxta, ko`rak, buta, paxta terish mashinasi xaqida tushuncha berish.
Jihoz va materiallar: Mavzu yuzasidan paxtadan yasalgan kiyimlar rasmi. Faoliyatni olib borilishi:
Mavzu bo`yicha she`rni yod olish ( tarbiyachi yordamida).
Paxta ishlab chiqarish mehnati haqida suxbat.
Paxtadan yasalgan kiyimlarni taqqaoslash. Qo`shimcha qism: Paxta xaqida qo`shiqni tinglash.
E`tiborga molik jihati: Nutqni rivojlanishini nazorat qilish.
Ilm va tabiiat markazi
Paxta xususiyati.
Maqsad: Paxta haqida bilim va tasavvurga ega bo`lish.
Jihoz va materiallar: Paxta iplari, paxta mavzusiga oid rasmlar va plakatlar. Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar haqiqiy paxtani kuzatishadi.
Topishmoqlar yodlashadi.
- Oq lekin qor emas, yengil lekin pat emas;
Plakatga e`tibor qaratadi. «Paxtadan nima ishlanadi?»
Kanvert ichidan mavzuga oid rasm olib tanlashadi va paxtadan nima yasalgan. Bu rasmlar orqali jadvalni to`ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |