Shahar ko`chalari
Maqsad: tasavvurlarida o`yinlarni shakllantirish. Bir o`yin mazmunida bir nechta o`yinni birlashtirishga o`rgatish. Odamlar hayoti, ularning o`zaro munosabati, bir-birlariga bog`liqligi haqidagi tushunchalarni kengaytirishni davom ettirish.
Jihoz va materiallar: svetofor maketi, yo`l belgalari, o`yinchoq mashinalar, aravachalar, DAN xodimi ish qurollari, «Do`kon», «Go`zallik saloni», uylar maketi.
Faoliyatning borishi:
Mavzu asosidagi rasmlarni ko`rish;
Bolalar bilan shaharning qaysi ko`chasiga sayr uyushtirish rejasini tuzish;
Xo`jalikni bolalar bilan birga yuritish;
Kasalxonaga murojaat qilish;
Do`konga xarid uchun borish.
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi sayr davomida velosipedda uchishni taklif etadi. Yo`l belgilariga rioya qilishni taklif qiladi.
E`tiborga molik jihati:
So`z boyligini oshirishga, ijodiy qobiliyatlarini namoyon bo`lishiga.
Til va nutq markazi
«Uyga yo`l» o`yini
Maqsad: uyga va muassasaga olib boruvchi yo`nalish, unda joylashgan ijtimoiy obyektlar haqida tasavvurga ega bo`ladi. So`z boyligi faolashadi. Fazoviy tasavvurlari rivojlanadi.
Jihoz va materiallar: rasmlar, plakatlar, yo`nalish chizmasi, shartli belgilar.
Faoliyatning borishi:
Yo`nalishni tanlash;
Yo`nalishdagi ijtimoiy obyektlar haqida suhbat;
Lug`at boyligini yangi so`zlar bilan boyitish;
Yo`nalishni ko`rib chiqish va fazoviy tushunchalarni aniqlashtirish;
Har bir bolaning uyini belgilash;
Har bir bolaning uydan bog`chaga va aksincha yurish yo`nalishini belgilash;
Bolalar bilan yo`llardagi yo`l belgilari to`g`risida suhbatlashish:
- Piyodalar o`tish joyi;
- Tibbiyot muassasasi;
- «To`hta» belgisi, yurish taqiqlanadi va yoqilg`i quyish shoxobchasi belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |