O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet75/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: Bolalarning qaysi paytlarda milliy libos kiyishi haqidagi hikoyalari.
E`tiborga molik jihati: milliy an`analarga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish.
4 HAFTA «YANGI YIL BAYRAMI»
Qurish va yasash markazi
«Katta va mayda archalarni konstruksiyalaymiz»
Maqsad: konstruksiya yaratish ko`nikmasi, tassvurga ega bo`lishni rivojlantirish, konstruktiv va o`yinga oid jamoaviy faoliyatga o`rganish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qurilish materiali, modullar, lego, qurilish to`plami, turli archalar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Bolalar tomonidan konstruksiyalash uchun materiallar tanlash.

  3. Bolalarning samarali ishi.

  4. Bolalar archalarni taqqoslaydi.

  5. Tushuntirish: nima uchun archa katta? Nima uchun archa kichkina?

  6. Ishni muhokama qilish va rag`batlantirish.

Qo`shimcha qism: bolalarga archani bezashni taklif qilish (rangli qog`ozlar, mayda archa o`yinchoqlari, mayda o`yinchoqlar).
E`tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, mustaqillikka o`rgatish.
Syujetli-rolli o`yin va Drama markazi
«Yangi yil archasini tayyorlaymiz»
Maqsad: Yangi yil bayrami haqida tasavvur hosil qilish, diqqat, nutq, mayda motorikani, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, lug`at boyligi faollashtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: sun`iy archa, archa o`yinchoqlari solingan quti, turli materiallar solingan quti (tasmalar, rangli qog`oz, fantiklar folga).
Faoliyatning borishi:

  1. Sun`iy archa va o`yinchoqli qutini tomosha qilish.

  2. Bolalar archani bezash uchun buyumlarni tanlaydi.

  3. Bolalar archani bezaydi.

Qo`shimcha qism: archa atrofida qo`l ushlashib aylanish.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling