O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet73/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: ishni applikasiya bilan to`ldirish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning mustaqil ijodini rivojlantirish.
Qurish va yasash markazi
«Shifonyer va qo`g`irchoq uchun komod»
Maqsad: turli materiallar, har xil o`lchamli qutilardan konstruksiyalar yasashga qiziqishni oshirish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: har xil o`lchamli qutilar, karton, yelim, salfetkalar, rangli qog`oz, bo`yoqlar, mebellar, shifonyerlar rasmlari, konstruksiyalashni bosqichma bosqich bajarishga oid kartochkalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Mebellar, shifonyerlar rasmlarini tomosha qilish.

  2. Materiallarni o`rganish. Ishni rejalashtirish.

  3. Bolalarning samarali faoliyati.

  4. Shifonyer, komodni bo`yash va bezash.

Qo`shimcha qism: qo`g`irchoqlar kiyimini shifonyer, komodga taxlab qo`yishni taklif qilish.
E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib ishlash, o`z xatti-harakatlarini do`stlari bilan kelishish.
Syujetli-rolli o`yin va Drama markazi
«Kiyim do`koni» Maqsad: turli mavsumda kiyiladigan (qishki, yozgi) va maqsadiga ko`ra kiyiladigan kiyimlar haqida tasavvur hosil qilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: ilgak-vitrinalar, turli bolalar kiyimi, kassa, schet, cheklar, kalkulyator, paketlar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Do`kon» rasmini tomosha qilish.

  2. Do`kon atributlari bilan tanishish.

  3. Ilgak-vitrinadagi kiyimlarni mavsumiga ko`ra, maqsadiga ko`ra taxlab chiqishni taklif qilish.

  4. Rollarni taqsimlash, o`yin qoidalarini belgilash (sotuvchi, xaridor, maslahatchi, yordamchilar, kassir).

  5. «Kiyim do`koni» o`yini.

Qo`shimcha qism: Yangi yil bayrami uchun kiyimlar kolleksiyasini yaratishni taklif qilish.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling