O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet70/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, akvarel bo`yoq, qalamlar, salfetkalar, sportning turli shakllari, musobaqalar haqidagi rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Mavzuli rasmlarni tamosha qilish.

  2. Bolalar o`zlariga qaysi sport turi yoqishini aytishadi va mustaqil ravishda o`z rasmining syujetini tanlaydi.

  3. Bolalarning unumli faoliyati.

Qo`shimcha qism: bolalarning rasmlaridan «Sog`lom tanda - sog` aql» ko`rgazmasini tashkil qilish.
E`tiborga molik jihati: rasm chizish davomida o`z g`oyalarini ifodalanishiga erishish.
Til va nutq markazi
«Qaysi so`z to`g`ri kelmaydi?» mavzusidagi didaktik o`yin
Maqsad: barcha tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish, so`zning mazmuni bo`yicha ishni davom ettiradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Sport» , «Qish» , «Maktab» , «Yangi yil» mavzularidagi rasmlar turkumi, turli buyumlarning rasmlari.
Faoliyatning borishi:

  1. «Sport» , «Qish» , «Maktab» , «Yangi yil» mavzuli rasmlarini tomosha qilish.

  2. Kartochkalarni bolalar o`rtasida taqsimlash.

  3. Bolalar mavzuga oid kartochkani tanlaydi va «Nima uchun to`g`ri kelishini» tushuntiradi.

Qo`shimcha qism: nima uchun boshqa rasmlar to`g`ri kelmasligini tushuntirish.
E`tiborga molik jihati: nutqning aniqligiga erishish.
3 HAFTA. «KIYIM VA POYAFZAL» .
Qurish va yasash markazi
Mavzu: «Qog`oz va kartondan yasalgan ayiqcha»
Maqsad: qog`oz va kartondan shakllarni konstruksiyalashni o`rganish
Kerakli Jihoz va materiallar: gofrirovka qilingan karton, qaychi, tugmalar, tasma, qog`oz, tayoqcha, ish namunasi va chizmasi
Faoliyatning borishi:

  1. Tayyor «Ayniqcha» namunasini ko`rib chiqish.

  2. Ishni bosqichma bosqich bajarish chizmasini ko`rib chiqish.

  3. Ish bosqichlari: shablon asosida ayiqning barcha qismlarini kesib chiqamiz. Ayiqning barcha qismlarini bo`yaymiz.

Tanasida va qo`llarida teshiklar yasaymiz, va qo`llaridan boshqa barcha qismlarini yopishtirib chiqamiz.
Tugmalar yordamida qo`l-oyoqlarini tanasiga mahkamlaymiz.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling