O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet71/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: «Uch ayiqcha» ertagi uchun Qo`shimcha qism ayiqchalarni yasashni taklif etish.
E`tiborga molik jihati: ijodiy konstruksiyalashga qiziqishni oshirish, bajarilgan ishdan qoniqish hosil qilish.
Syujetli-rolli o`yin va Drama markazi
«Atelye»
Maqsad: atelyeda kiyim tikish bo`yicha mehnatning mazmuni haqida tasavvur hosil qilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mato, bolalar tikuv mashinkasi, o`yinchoqlar: dazmol, dazmollash taxtasi, kiyim, kiyim detallari (yoqa, cho`ntak, tugmalar, yopishqoq tasma, kamar), ilgaklar, «Atelye» kartochkalari yoki rasmlari
Faoliyatning borishi:

  1. Atelye mavzusi bo`yicha rasmlarni yoki kartochkalarni tomosha qilish.

  2. Atelye uskunalari, u yerdagi vaziyat bilan tanishish.

  3. Rollarni taqsimlash, o`yin qoidalarini belgilash. Modali kolleksiyani yaratish (zarur holatlarda tarbiyachi yo`naltiradi va tuzatishlar kiritadi).

  4. O`yin jarayonida rollar bilan almashish mumkin.

Qo`shimcha qism: modalar namoyishi
E`tiborga molik jihati: bolalarning turli kasblar va jamiyat hayotida inson mehnat faoliyatining ahamiyati haqidagi tasavvurini boyitish.
Til va nutq markazi
«Kiyimlarni ularni qo`llash maqsadi bo`yicha tasniflash»
Maqsad: lug`atini boyitadi, kiyim va poyafzal haqidagi tasavurini kengaytiradi, kiyim, poyabzalni farqlashga va ulardan foydalanishga o`rgatadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavsumiy kiyimlar (telpak, quloqchin, panama) , poyabzallarning (tufli, etik va b.) rasmlari-kartochkalari.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasm-kartochkalarni tomosha qilish.

  2. Kiyim, poyabzal va bosh kiyimini mavsumga ko`ra tasniflash. Nomini to`g`ri aytish.

  3. Kiyimni maqsadiga ko`ra tanlash (bayram libosi, ish kiyimi, uy kiyimi, maxsus kiyim (vrachlar, quruvchilarniki).


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling