O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvtexnologiyalarning turlari


Download 1.57 Mb.
bet7/8
Sana18.02.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1213660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Babaxanova Sanobar slayd (2)

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvtexnologiyalarning turlari
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar har bir bolaning individual xususiyatlariga mos keladigan ta’lim va tarbiya usul va vositalarini aniqlaydi. Shu bilan birga, bolalarning munosabatini va faoliyati tashkil etilishini o‘zgartiradi, turli o‘quv qo‘llanmalardan foydalanadi:
tadqiqot (muammolarni izlash, kashfiyot orqali o‘rganish, tajriba);
kommunikativ(munozara, nutqni rivojlantirish, fantaziya, notiqlik);
o‘yin(o‘yin orqali o‘rganish, ertak, vaziyat, sahnalashtirish – fantaziyaga
kirish);
psixologik(o‘z taqdirini o‘zi belgilash – bolani tanlashga o‘rgatish,
o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi himoya qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash);
faoliyat(bola bilimlarni tayyor holda emas, balki ta’lim-tarbiya jara-
yonida o‘zi o‘rganadi. Ta’lim-tarbiyani tuzilishi faol qadamlar tizimini
o‘z ichiga oladi);
refleksiya(individuallikni saqlash, ijodiy yaratuvchanlik, shaxsiyliknihar qanday faoliyatda shaxs sifatida saqlab qolish, o‘zini-o‘zi aniqlash vositasi).
.
Mavzu: Bolalar bog‘chasi
4-hafta. Xushmuomalalik alifbosi
Mavzu: «Kechiring, oyijon!» hikoyasi
Maqsad:
“Nutq va til”:
Bolalarda badiiy asarni ifodali hikoya qilish, gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, ma'noli jumlalar tuzish malakasini shakllantirish.
So‘zlayotganda so‘zlarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzish, badiiy asarni qayta hikoya qilish, asarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy ifodalardan foydalangan holda hikoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Bolalar “Ota-onaga hurmat haqidagi suhbatda tarbiyachining savollari bo‘yicha yoki suratlarga qarab mazmunan so‘zlab beradi.
Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
O‘z oila a'zolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida ma'lum bir qoidalarga rioya qiladi: Bolalar ota-ona chaqirganda «Labbay”, “Xo‘p bo‘ladi”deb javob berish, nasihatlariga quloq solish, qilayotgan ishlariga ko‘maklashish, ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg‘on gapirmaslik lozimligini tushunadi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling