O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet3/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Asosiy tushunchalar:




Davlat talablari – O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari1.
Davlat o’quv dasturi – O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/.
MT – maktabgacha ta’lim.
MTT– maktabgacha ta’lim tashkiloti.
RM–rivojlanish markazi.
Ilm yo`li” variativ dasturi – 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni maktabga tayyorlash uchun rivojlantiruvchi, ta’limiy-tarbiyaviy “Ilm yo’li” variativ dasturi
/takomillashtirilgan ikkinchi nashr/.



1 O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 18-iyundagi 1-MX-son buyrug’i bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda 3032-son bilan ro’yxatga olingan.

Kirish


Hozirgi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta'limga bo’lgan e’tibor yanada kuchaytirilmoqda.


Bolani sog’lom shakllantirishda, uning shaxsini rivojlantirishda va maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'limning ahamiyati katta. Shu bilan birga, ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining to’liq kunga asoslangan hozirgi modeli, turli sabablarga ko’ra aholining barcha guruhlariga ham mos kelmasligi mumkin.
Ushbu yo’nalishda maktabgacha ta'lim xizmatlaridan teng foydalanishni ta'minlash uchun maktabgacha ta’limning yanada moslashuvchan bolalar qisqa vaqt bo’ladigan guruhlarni yaratish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun bolalarga ta'lim olish huquqidan to’liq foydalanishni taklif qilish va ta'limni ta'minlashga qaratilgan teng boshlang’ich imkoniyatlarni yaratish muhim ahamiyatga ega, ya’ni 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini yaratishdir.
Aynan ushbu model ijtimoiy lift singari ishlaydi, bunda har bir bola o’quv faoliyati uchun zarur bilimlarni shakllantirish uchun maktabga sifatli tayyorgarlik ko’rish huquqini oladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar bo’yicha nobel mukofoti sovrindori D.Xekman tomonidan, bolalarning erta rivojlanishiga yo’naltirilgan investitsiyalar ta'limga yo’naltirilgan barcha investitsiyalar ichida eng samarali ekanligi isbotlangan. Olimning fikriga ko’ra, 0 dan 6 yoshgacha bo’lgan davr inson rivojlanishi nuqtai nazaridan eng samarali davr hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ta’lim olishidagi yo’qotilgan vaqt va undagi bilimning yetishmasligi uning rivojlanishida ham, mamlakat kelajagi uchun ham jiddiy oqibatlarni olib kelishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning maktabgacha ta’lim xizmatlaridan teng huquqli foydalanishini ta’minlash bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida2”gi qarori ijrosi doirasida 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni to’liq, bepul bir yillik o’qitish, maktabga tayyorlashni rivojlantirish bo’yicha o’quv dasturini ishlab chiqish zarurati tug’ildi. Shuningdek, ilg’or xalqaro tajribalar asosida dasturiy va o’quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish zarur deb belgilandi.




2O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qarori.

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling