O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet7/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla, maktab bilan hamkorligi: bolaning farovonligi uning oila a’zolari vayaqinlaring MTT ahamiyatini tushunishiga bog’liq. Ota-onalar va mahalliy hamjamiyat o’quv dasturida ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishga jalb qilinganda va o’z hissasini qo’shganda bolalar yaxshiroq ta’lim oladilar va rivojlanadilar; milliy, tarixiy va madaniy an’analar, ma’naviy boyliklarni tan olish va boshqa xalqlar madaniyatiga hurmatda bo’lish: bolalarga o’z milliy madaniyati, tili, an'analari hurmat bilan e'tirof etilganda ular yaxshiroq ta’lim oladilar va rivojlanadilar. “Ilm yo’li” variativ
dasturi milliy va mintaqaviy madaniy xususiyatlarni hisobga olgan holda tuzilgan.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash – bu jamoaviy ish bo’lib, uni amalga oshirishga maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori mas’uldir.

II bob. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar rivojlanishidagi o’ziga xosliklar

Fiziologik rivojlanish


Mazkur davrda organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim bo’linmalarning rivojlanishi va differensirovkalanishi ro’y beradi. Bolaning
vazni oyiga taxminan 200 gr atrofida, bo’yi o’sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o’zgara boshlaydi. 7 yoshli bolalarning bo’yi o’rtacha 113-122 sm ga, o’rtacha vazni esa 21-25 kg ga teng bo’ladi. Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va ayniqsa, mayda motorikaning rivojlanishi davom etadi. Qo’l panjalari mushaklarning koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik motorikasi rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi. Qo’l barmoqlarining mashq qildirilishi boladagi intellektni oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga tayyorgarlik ko’rish vositasi bo’lib sanaladi.



Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling