O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


Download 2.99 Mb.
bet5/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zaruriyati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqazo etadi.
“Ilm yo`li” variativ dasturi Davlat talablari, Davlat o’quv dasturi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasiga tayangan holda bolaga yo’naltirilgan sifatli pedagogik tamoyillarga asoslangan.
Xalqaro tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bolaning intellektual salohiyatini to’liq rivojlantirish uchun haftasiga 9 soatdan 15 soatgacha ta'lim faoliyati yetarli bo’lib, bu bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli hisoblanadi, shu jumladan 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari kamharj va samaralidir.
Bolalarning erta ta'lim olishiga sarmoya kiritishning beshta sababi:

  • inson o’z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olishi;

  • maktabgacha ta'limga sarmoya kiritishda iqtisodiy foyda 13:1 ni tashkil etishi;

  • umumiy ta'lim sohasida sezilarli yutuqlarga erishish;

  • oliy ta'lim muassasalarida o’qishni davom ettirishdagi imkoniyatni oshishi;

  • xulq-atvor buzilish xavfini kamaytirish.

Ushbu dasturning maqsad va vazifalari maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagilarni ta'minlashni ko’zda tutadi:

  • zarur bo’lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish;

  • 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari bolalarini to’liq kunlik maktabgacha ta’lim tashkilotlariga berish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki muayyan sabablarga ko’ra, bunga intilmaydigan ota- onalarning talab va ehtiyojlarini qondirish;

  • 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari Davlat talablariga muvofiq, 5 ta muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish);

  • maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.

Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda, quyidagilarga qaratilgan:

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling