O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet4/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Tushuntirish xati





  1. yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni maktabga tayyorlash uchun ta’limiy- tarbiyaviy, rivojlantiruvchi “Ilm yo’li” variativ dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) (keyingi o’rinlarda - “Ilm yo’li” variativ dasturi deb yuritiladi) xalqaro tajribani hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv asosida bolani har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlash bo’yicha maktabga samarali tayyorlashga qaratilgan hujjatdir.

“Ilm yo’li” variativ dasturi O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari (keyingi o’rinlarda - Davlat talablari deb yuritiladi) va O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ (keyingi o’rinlarda - Davlat o’quv dasturi deb yuritiladi) asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo’li” variativ dasturining birinchi nashrini qayta ko’rib chiqishga quyidagi omillar sabab bo’ldi:

    • maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillarini, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilab beruvchi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida3”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi;

    • davlat o’quv dasturiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi;

    • birinchi nashrni amaliyotda qo’llash va uni tahlili bo’yicha to’plangan tajriba;

    • maktabgacha ta’limning barcha shakllarida faoliyat yuritayotgan pedagog, metodist va maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari mutaxassislarining fikr va mulohazalari;

    • maktabgacha ta’lim dasturlarini yaratish bo’yicha o’tgan yillar davomida to’plangan xalqaro tajriba.

“Ilm yo’li” variativ dasturi 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, ta’lim jarayonining maqsadi, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan natijalari, mazmuni va tashkil etilishini belgilaydi.
“Ilm yo’li” variativ dasturi ikkinchi nashrining asosiy jihati uning o’zgaruvchanligi, moslashuvchanligi, individual xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir bolaning ta'lim ehtiyojlariga e'tibor qaratishda davom etishdir.
Kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar “Ilm yo’li” variativ dasturining quyidagi jihatlarida o’z aksini topdi:

    • bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarida ta’limning shaxsga yo’naltirilgan shaklini joriy etish maqsadida o’quv faoliyatini tashkil etish tamoyillari to’ldirildi va umumlashtirildi;

    • kompetentsiyaga yo’naltirilgan o’quv dasturlarini yaratish bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani hisobga olgan holda bolaning tayanch kompetensiyalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi;

    • bolalar va pedagogning o’zaro hamkorligi yangi formatda, ya’ni “bolaning ovozini eshitish”, uning fikrini hurmat qilish, shuningdek, bolalarning o’quv jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini rivojlantirish va ko’paytirishga;

    • loyiha faoliyati uchun mavzularni tanlashda bolalar tashabbusi va imkoniyatlarini kengaytirishga;



3O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to’g’risidagi qonuni (595-son, 16.12.2019y) (Milliy qonun
hujjatlari ma'lumotlar bazasi, 17.12.2019y, № 03/19/595/4160; 27.04.2021y, № 03/21/685/0373, 12.10.2021y,
№ 03/21/721/0952)

    • individual tarzda va kichik guruhlarda ishlash uchun rivojlanish markazini tanlashga;

    • kun davomida bolalar bilan o’quv faoliyatini birgalikda rejalashtirish, ta’lim olishni rivojlantiruvchi muloqot orqali birgalikda baholashga asoslangan holda taqdim etildi;

    • ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik yangilangan shaklda taklif etildi, bunda ota-onalar va pedagoglarning umumiy maqsadi bolaga ta'lim va tarbiya berishdir;

    • pedagog, oila va mahalliy hamjamiyat o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun yanada xilma-xil imkoniyatlar taklif etildi;

    • ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari bolalarning qiziqishlariga ko’ra, mustaqil faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ta'minlashda ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan rivojlantiruvchi muhit to’g’risidagi ma'lumotlar bilan to’ldirildi;

    • dasturning inklyuziv xususiyati MTTning alohida ehtiyojli har bir bolaning alohida ta'lim ehtiyojlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limda qo’shimcha yordam ko’rsatish majburiyatlari bilan mustahkamlandi;

    • rivojlanish markazlarida tashkil etilgan bolalarning faoliyati loyiha mavzusi bilan to’ldirildi;

    • namunaviy kun tartibida ta’lim va tarbiya jarayoniga ajratilgan vaqt o’zgartirildi, bu esa o’zo’rnida bolalarning erkin o’yin faoliyati, bolalarning qiziqishlariga ko’ra mustaqil faoliyatiga, shuningdek, mavzuli loyiha faoliyatiga ko’proq vaqt ajratish imkonini beradi;

    • O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, xalqaro tajribani, shuningdek, boshlang’ich ta’lim bilan uzviylikni ta’minlash maqsadida o’quv reja qisman o’zgartirildi;

    • ta’lim faoliyatini optimallashtirish maqsadida tuzilgan kunlik mavzuviy reja takomillashtirilgan shaklda taqdim etildi;

    • bola rivojlanishini kuzatish va baholash jarayonini optimallashtirish uchun bolaning rivojlanish xaritasi qisman o’zgartirildi;

    • ta'lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishda hududiy komponentni hisobga olgan holda 20% gacha o’zgartirish kiritilishi joriy etildi;

    • maktabgacha ta'lim tashkilotlarining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, pedagoglarning jihozlash bo’yicha aniq tushunchaga ega bo’lishlari, shuningdek, ularni ta'lim tarbiya jarayonida bolalar bilan birgalikdagi faoliyat davomida boyitish uchun resurs ta'minoti joriy etildi;

    • “Ilm yo’li” variativ dasturini amalga oshirishda pedagoglarga uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida ilovalar yangi formatda taqdim etilmoqda.

“Ilm yo’li” variativ dasturi to’liq kunlik guruhlar va 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari uchun mo’ljallangan.
Ushbu dasturdan O’zbekiston Respublikasida mavjud bo’lgan 6 yoshdan 7
yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi quyidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va muassasalarida foydalanish tavsiya etiladi:

    • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida;

    • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida;

    • ta'lim va tarbiyaning muqobil shakllarida;

    • “Mehribonlik” uylarining maktabga tayyorlov guruhlarida;

    • monitoring va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida.

Shuningdek, har bir maktabgacha ta'lim tashkiloti iqlim, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’z ish dasturini ishlab chiqishi, shuningdek variativ qismini shakllantirishi mumkin.



Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling