O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


„Bilish jarayonining rivojlanishi“ sohasi


Download 2.99 Mb.
bet15/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

„Bilish jarayonining rivojlanishi“ sohasi


kompetensiyalari
„Bilish jarayonining rivojlanishi“ sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:

    • bilim olishga katta qiziqish bildiradi;

    • o’quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil topadi va qo’llaydi;

    • predmetlar, voqea-hodisalar va holatlar o’rtasidagi bog’liqlikni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

    • raqamlar, sanashni biladi va ularni hayotda qo’llaydi;

    • makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

    • elementar matematika hisoblarini amalga oshiradi;

    • atrof-muhitni asrab-avaylash munosabatini namoyon etadi.



      1. „Ijodiy rivojlanish“ sohasi kompetensiyalari


"Ijodiy rivojlanish“ sohasidagi ‘ta’lim va tarbiya jarayoni yakuniga 6-7 yoshli bola:

    • san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi;

    • milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;

    • san’atning muayyan turini afzal ko’rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

    • olingan bilim va ko’nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o’z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;

    • insonning dunyoni o’zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.

IV bob. Ta’limga yondashuvlar


Davlat talablari, Davlat o’quv dasturi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi, boshlang’ich maktab ta’limi Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi umrini o’tab bo’lgan eski tizimni qayta ko’rib chiqish bilan birgalikda, pedagoglarga maktabgacha va boshlang’ich maktab ta’limi makonini yangicha tashkil etish imkoniyatlarini vujudga keltirdi.


2019-yilda O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida4”gi qonuni qabul qilinishi, 2021-yilda Davlat o’quv dasturining takomillashtirilishi hamda maktabgacha ta’limning barcha shakllarida faoliyat yuritayotgan pedagog, metodist va maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari mutaxassislarining fikr va mulohazalaridan kelib chiqqan holda “Ilm yo’li” variativ dasturiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zarurati paydo bo’ldi.
“Ilm yo’li” variativ dasturi Davlat o’quv dasturiga tayangan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish shakllari va usullarini pedagog tomonidan erkin tanlash tamoyiliga amal qiladi. Zamonaviy ta'limning asosiy natijasi shundaki, u bola tomonidan qay darajada o’zlashtirib olingani, bu uning rivojlanishiga, shaxsda integrativ xislatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi.
Pedagog tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intelektual jarayonlarning shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va ma’suliyatga, bolalarni mashq orqali o’z faoliyatini boshqarishga o’rgatishi lozim.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. U sog’lom va har tomonlama rivojlangan bola bola shaxsini shakllantirish, o’qishga qiziqish uyg’otish orqali uni uzluksiz ta’lim olishga tayyorlashi zarur.
Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasining shaxsga yo’naltirilgan modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi.



    1. Download 2.99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling