O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Shaxsga yo’naltirilgan yondashuvning maqsadi


Download 2.99 Mb.
bet16/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Shaxsga yo’naltirilgan yondashuvning maqsadi


Bu shaxsni muayyan andoza asosida “o’zgartirish” va tazyiq o’tkazishni emas,“u qanday bo’lsa, shunday qabul qilish”ni taqazo etadi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv ta’lim jarayoni subyektining shaxsiy vazifalarini rivojlantirish qobiliyatini to’liq namayon etishi uchun zarur shart-shroit yaratishni ko’zda tutadi.


Shaxsga oid funksiyalar – bu shaxs tomonidan “har tomonlama barkamol shaxs bo’lish” ijtimoiy talabining ro’yobga chiqishiga xizmat qiladigan muayyan hislatlarning namoyon etilishidir.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv ta’lim jarayonini tashkil etishning asosi sifatida shaxsning jamoa oldidagi ustuvorligini nazarda tutgan holda, unda insonparvarlik munosabatlarining shakllantirilishini taqazo etadi. Bola ana shu munosabatlar tufayli o’zini shaxs sifatida his etadi, boshqa kishilarda shaxsga xos hislatlarni ko’rishni (kattalarda va tengdoshlarda) o’rganadi. Tengdoshlar, bolalar jamoasi va pedagoglar har bir bolaning imkoniyatlarini ro’yobga chiqishining kafolati sifatida xizmat qiladi. Har bir bola imkoniyatlarining ro’yobga chiqishi esa pedagogning qadriyatlar yo’nalishlari, ya’ni uning


4O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to’g’risidagi qonuni (595-son, 16.12.2019y).
xatti-harakatida namoyon bo’’ladigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga munosabati, mo’ljallar tizimi, e’tiqodi, hoxish-istaklari bilan belgilanadi.
Pedagogning qadriyatlar tizimi uning kasbiy faoliyatining yo’nalishlarini belgilab beradi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv bolaga o’zini shaxs sifatida anglash, ichki imkoniyatlarini aniqlash va ro’yobga chiqarish, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini belgilash, rivojlantirish va takomillashtirishning shaxsiy va ijtimoiy maqbul uslublarini amalga oshirishda pedagog yordamini talab etadi.


    1. Bolaga yo’naltirilgan ta’lim yondashuvi


Bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta’lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunga qadar to’plagan tajribasini e’tiborga oladigan ta’lim shakli.



  1. Ta’lim jarayoni bolaning eng optimal tarzda rivojlanishi va ta’lim olishiga doir bilimlarga asoslanishi kerak.

  2. Ta’lim muvaffaqiyati pedagog tomonidan bolani rivojlantirish va o’qitish uslub va yo’l- yo’riqlariga oid bilimlarni qay darajada egallaganligiga bog’liq.

  3. Pedagogning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishiga ko’maklashishdir;

  4. Maktabgacha ta’limning o’ziga xos xususiyati - bolalikning qadrini tushunish va vaqtidan oldin ulg’ayishga undamaslik.

Pedagog quyidagilarni tushunishi va esdan chiqarmasligi lozim:

  1. Bolalar qanday bo’lsa, shunday qabul qilish.

  2. Bolalarning o’z maqsadiga erishishiga ko’maklashish.

  3. Bolalarning qanday qobiliyatga ega ekani va o’z guruhida qanday ta’lim olayotganini bilish tarbiyachiga ta’lim jarayonini rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang’ich asos bo’lib xizmat qiladi.

  4. Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo’lsa, bola muvaffaqiyat qozona olmaydi.

  5. Pedagog bolalar faoliyatining barcha yo’nalishlari, turli mashg’ulotlar bilan shug’ullanishini muntazam kuzatib borishi, ularning qobiliyati, qiziqishlari va talab-ehtiyojlari haqida bilishga intilishi kerak.

  6. Pedagog ana shu ma’lumotlarga tayangan holda bola rivojlanishida ijobiy o’zgarishlarga erishish uchun ish faoliyatini rejalashtiradi va qo’llayotgan usullarni ta’lim jarayoniga moslashtiradi.

  7. Materiallar va mashg’ulotlar bolalar biladigan va qilishni o’rgangan narsalargagina emas, balki yangi ko’nikma va tushunchalar hosil qilish uchun ulardan muayyan harakat, intilish talab qiladigan mashg’ulotlarga asoslangan ta’limgina kutilgan muvaffaqiyatni keltiradi5.

  8. Ta’lim maqsadlari bolalarning ushbu yoshdagi guruhi uchun tushunarli va amalga oshirilishi mumkin bo’lishi kerak. Yangi ko’nikmalarni amaliyotda takomillashtirish uchun bolalarga keng imkoniyatlar vujudga keltirilishi zarur.





5L.S.Vigotskiy “Eng yaqin rivojlanish zonasi” – jarayonda bolaning erishgan rivojlanish darajasi uning kattalar bilan o'zaro munosabati, birgalikdagi faoliyat jarayonida rivojlanayotgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. "Ta'lim taraqqiyotdan oldinga o'tgandagina yaxshi bo'ladi". Bu esa bolaga kelajakka intilishga yordam beradi “Pedagogika kechagidek emas, bugungidek bolani rivojlantirishi kerak”.

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling