O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Bolalarning uchbu yosh guruhiga oid ma’lum bo’lgan bilimlarni e’tiborga


Download 2.99 Mb.
bet18/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Bolalarning uchbu yosh guruhiga oid ma’lum bo’lgan bilimlarni e’tiborga olish. Yoshga oid bunday ma’lumotlarni bilish pedagogga ta’lim jarayonini bolalarning yoshiga qarab tashkil etish, qanday material va mashg’ulotlarning xavfsizligi, qiziqarliligi, yetarli darajada murakkabligi va bolalarning mukammal rivojlanishi va ta’lim olishiga xizmat qilishini bilgan holda, mashg’ulotlarni rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. Bu yoshga xos omil deb yuritiladi.

  • Har bir bolaning shaxsiga oid ma’lumotlarni e’tiborga olish. Har bir bola shaxsiyatining kuchli va zaif jihatlari, qiziqish va talab-ehtiyojlari haqida ma’lumot to’plash tarbiyachiga ta’lim jarayonida moslashtirish jarayonini amalga oshirish hamda har bir bolaga mos usullarni qo’llash va individuallashtirishni samarali olib borish imkoniyatini beradi.

  • Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar haqidagi ma’lumotlarni e’tiborga olish. Bolaning uydagi va o’zining jamoasidagi hayotini shakllantiradigan qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va til xususiyatlarini o’rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun kasb etadigan, ularning madaniyatiga mos keladigan, bolalar va ularning oilasiga hurmat bilan munosabatda bo’lishga yordam beradigan ta’lim muhiti va mashg’ulotlarni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
      1. Rivojlantiruvchi yondashuv




    Bolaning tabbiy ravishda ulg’ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo’naltirilgan yondashuv. Bu yondashuvga muvofiq bolalar:

    • O’yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirib, faol ta’lim oladi;

    • Rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o’tadi;

    • Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o’zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi;

    • Har biri o’ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.




      1. Download 2.99 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling