O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet19/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Individullashuv


Individualllashuv - o’ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo’lsa, har bir bola shu darajada mo’ljaldagi ta’lim natijalariga erishishining ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson kechadi, muayyan fan bilan bog’liq muammolar kamayadi, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar oshadi.


Individuallashtirish ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab- ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi6. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o’ziga nisbatan hurmati oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo’ladi. Pedagog o’zgaruvchan vazifalar va faoliyatining qiziqarli turlarini rejalashtirishi, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda, material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchli va zaif jihatlari hamda qiziqishlarini o’rganadi.
Pedagogik strategiya – bu bolalarning qo’yilgan maqsadlarga erishishga yordam beradigan pedagog qo’llaydigan muayyan uslublar yig’indisi. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta’lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e’tiborga olishtashkil etadi.


    1. Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti


Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti –faollikning turli shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirish funksionallik, material va qo’llanmalarning yetarliligi, ko’p darajaligi (rivojlanishi turlicha bo’lgan bolalarning o’z maqsadlariga erishishini ta’minlaydigan) va ko’p funksinalliligi (bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta’minlaydigan) bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona muhitni tashkil etishni talab etadi7. Bu maktabgacha yoshdagi katta guruh bolalarining mazmunli, mustaqil faoliyati uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.


Rivojlantiruvchi muhit mazmunga boy, o’zgaruvchan, ko’p funksiyali va xavfsiz bo’lishi kerak.




6Sh.Mirziyoyeva, I.V.Grosheva, U.T.Mikailova, N.A.Isaxodjayeva, E.A.Nekrasova, I.V.Kuryayeva “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’quv jarayonini individullashtirish” II bob 12-bet. Maktabgacha ta’limdata’lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi. Toshkent-2020
7“6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruhlarda rivojlanish markazlarining
namunaviy joylashuvi” dasturning 1-ilovasi
Guruh xonasida bolalarning o’z qiziqishi bo’yicha erkin mustaqil faoliyati uchun joy ajratiladi. Bu past stelajlar, stullar bilan ajratilgan syujetli o’yinlar, sinov va tajriba, stol ustida o’yinlar va didaktik mashg’ulotlar, qo’l mehnati va tasviriy faoliyat uchun joy, shuningdek, kitob va albomlarni tomosha qilib o’tiradigan kitob burchaklari bo’lishi mumkin8.
Davlat o’quv dasturiga muvofiq, bolalarni maktabga tayyorlash guruhlarida maktabgacha ta’lim tashkilotining imkoniyatlaridan kelib chiqib, kamida beshta “Qurish va konstruksiyalash, matematika”, “Syujetli – rolli o’yinlar va sahnalashtirish”, “Til va nutq”, “Fan va tabiat” va “San’at9” rivojlantiruvchi markazlar tashkil etilishi mumkin:
Qurish va konstruksiyalash, matematika” markazi - bolalarda ijodiy, yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Markaz mobil bo’lishi mumkin.
Syujetli - rolli o’yinlar va sahnalashtirish” markazi - rivojlantiruvchi muhitning muhim ob’yekti bo’lib, uni guruhni jihozlashdan boshlash mumkin, chunki sahnalashtirish faoliyati guruh bolalarini qiziqarli g’oyalarni amalga oshirishda birlashishiga yordam beradi. Shuningdek, sahnalashtirish davomida maktabgacha yoshdagi bolalar o’z xarakterlarining kutilmagan tomonlarini namoyon etadilar.
Til va nutq” markazida – sukunat va osoyishtalik oroli kabi, kichik bolalar kutubxonasini tashkil etish mumkin. Markaz mulohazali kuzatishlar, orzular va sokin suhbatlar uchun qulay bo’lishi shuningdek, bola o’zini u yerda qulay va xotirjam his qilishi kerak. Bu markazda bolalarda nafaqat suhbatlashish madaniyati balki badiiy idrok va estetik did ham rivojlanadi.
Fan va tabiat” markazi – nafaqat guruh xonasi uchun bezak, balki o’zini o’zi rivojlantiriuvchi muhit sifatida ham xizmat qilishi kerak. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilishi uchun eng katta imkoniyat markazi bo’lishi kerak. Shuningdek, ushbu markazda bolalarda ekologik ongning zaruriy shartlari shakllanishi, ekologik madaniyat rivojlanishi hamda ba'zi ekologik muammolarni hal qilish istagi va intilishi paydo bo’lishi kerak.
San’at” markazi – bolalarning atrofdagi voqelikning estetik tomoniga qiziqishini shakllantirish, o’zini namoyon qilish ehtiyojlarini qondirish vazifasini bajaradi. Bu yerda bolalar bo’sh vaqtlarida rasm chizishi, haykaltaroshlik va aplikatsiya ishlarini bajarishlari mumkin.
Rivojlanish markazlaridagi materiallar saralanishi va tegishliligi bo’yicha o’z joyiga qo’yilishi kerak, shunda bolalarda ularni qayerdan olish va qayerga qo’yish bo’yicha ko’nikma hosil bo’ladi. Rivojlanish markazlaridagi materiallar bolalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, mavzuga mos qilib o’zgartirilishi kerak. Markazlarda ishlash bo’yicha bolalar ishtirokida qoidalar va odatiy tartiblarni (shu jumladan tozalash) yaratish kerak. Bundan tashqari, bolalar yangi markazlarni rejalashtirish, yaratish va mavjud markazlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishda ishtirok etishlari kerak.
Guruh xonalaridagi bolalarning ijodiy ishlari ko’rgazmasi, shuningdek, mashg’ulotlar jarayonida kattalar bilan birgalikda yasalgan jadvallar, pannolar va h.k.ni namoyish etish imkoniyatini ko’zda tutish darkor.


8.“6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari va to’liq kunli guruhlarda rivojlanish markazlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar” dasturning 2-ilovasi.


9 I.V.Grosheva, G.E.Djanpeisova, U.T.Mikailova, M.A.Ismailova,D.A.Kenjabayeva, N.B.Gulyamova, N.A.Miftayeva “O’yin orqali ta’lim olish” metodik qo’llanmab (birinchi nashr) 50-58-bet. Toshkent-2020.
Guruhlarda va maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida tashkil etiladigan muhit bolada mustaqil tanlay olish ko’nikmasining shakllanishini ta’minlaydi.
Turli markazlarda markazlar to’plami bolalarning yoshi, qiziqishlari va ehtiyojlariga ko’ra o’zgacha bo’lishi, vaqt o’tishi bilan o’zgarishi, bir markaz boshqasiga aylantirilishi mumkin.
Masalan, sahnalashtirish markazi bir vaqtning o’zida tasviriy faoliyat, hatto ma’lum muddat kitoblarni ko’rish va o’qish markazi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ammo kitobni ochiq havoda o’qish va muhokama etish imkoniyati ham bor, shu ma’noda, maktabgacha ta’lim tashkiloti hududini rivojlantiruvchi muhitning juda muhim tarkibiy qismi sifatida qabul qilish lozim.
“Ilm yo’li” variativ dasturi nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini, balki unga tegishli hududni, shuningdek, mahalliy hamjamiyat resurslarini ham rivojlantiruvchi muhit sifatida tushunishni taklif etadi.



    1. Download 2.99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling