O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet21/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

bolalarning o’yinda o’zaro munosabatda bo’lishiga yordam berish. Bolalarni o’yinda kuzatish pedagogga bolaning boshqa bolalar bilan qanday o’ynashini, bola o’yinda qanday ko’nikma va malakalarni namoyon etishini, o’yin orqali qanday ko’nikmalarni rivojlantirish kerakligini anglashga yordam beradi. Pedagog o’yinga qo’shilib, bolaning ta’lim
olishini, uning tasvirlash, tushuntirish, asoslashi, tegishli tilni qo’llash qobiliyatini, shuningdek, ijobiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirishga ko’maklashadi;
bolalarga o’zlarini va qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniyatini berish. Pedagog rejalashtirishda bolaning o’z g’oyasi asosida yoki uning tashabbusi bilan o’ynash uchun yetarli vaqt ajratadi, bunda bolalar shoshmasdan va kattalar tomonidan to’xtatilishidan qo’rqmasdan o’ynashlari mumkin. Bolalarga erkin o’yin uchun vaqt va kattalarning faol aralashuvisiz o’zlarini va qobiliyatlarini ifoda etish imkoniyati beriladi.
O’yin10 – bu bolalar uchun eng qulay faoliyat turi, atrof-muhitdan olingan taassurotlarni “qayta ishlash” usuli. O’yinda bolaning tafakkuri va tasavvurining xususiyatlari, uning his-hayajonlari,faolligi va muloqotga bo’lgan ehtiyojining rivojlanishi yaqqol namoyon bo’ladi.


    1. Inklyuziv ta’lim tamoyillari


“Ilm yo’li” variativ dasturi mualliflarining nazarida, maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim- tarbiya vazifasini amalga oshirish bilan birgalikda, bola hayotiy faoliyatining asosiy sohasi hamdir. Shu munosabat bilan, mazkur dasturda aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish huquqini ta’minlashi lozim degan g’oyani ilgari suradi.


Shu nuqtai nazardan, ushbu dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • har bir bola uchun yoshga oid imkoniyat va qobiliyatlarni to’liq ochib berish uchun sharoit yaratish;

  • bolalar o’rtasida do’stona munosabatlarni shakllantirish, bolalar va kattalar o’rtasida qo’llab-quvvatlash va hamkorlik muhitini yaratish, umumiy ijobiy hissiy muhit, psixologik qulaylik yaratish;

  • uning ijobiy rivojlanishi uchun hissiy jihatdan qulay va osoyishta muhit yaratish.

Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada bolalar bir-biri bilan o’zaro aloqa bog’lashga, jinsi, irqi, millati, madaniyati, tili, e’tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi uning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qat’iy nazar, boshqa kishilar bilan do’stona munosabatlar o’rnatishga o’rganadi.
“Ilm yo’li” variativ dasturi inklyuziv ta’limning quyidagi tamoyillariga tayanadi:

  • insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishgan yutuqlari bilan belgilanmaydi;

  • har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir;

  • har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga haqlidir;

  • barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi;

  • chinakam ta’lim muayyan o’zaro munosabatlar doirasidagina amalga oshirilishi mumkin;

  • barcha insonlar qo’llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do’st bo’lishga ehtiyoj sezadi;

  • ta’lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo’lidan kelmaydigan ishdan ko’ra, uddalay oladigan ishda ko’proq namoyon bo’ladi;

  • rang-baranglik inson hayotini boyitadi;



10I.V.Grosheva, G.E.Djanpeisova, U.T.Mikailova, M.A.Ismailova,D.A.Kenjabayeva, N.B.Gulyamova, N.A.Miftayeva “O’yin orqalita’lim olish” metodik qo’llanma (birinchi nashr) 50-58-bet. Toshkent-2020

  • biz hammamiz bir-birimizdan individual jihatdan o’ziga xosligimiz bilan ajralib turamiz va o’zgalarning xohishiga ko’ra hech kim kamsitishga haqli emas;

  • ishlab chiqilayotgan dasturlarda individuallashtirishni ta'minlash, ya'ni dasturni bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish;

  • barcha bolalar bir xil taqdirlanishi lozim;

  • yosh xuxusiyatlariga mos bo’lgan umumiy o’quv rejasidan foydalana olish imkoniyatini yaratadigan ta’limning differensiyalashgan strategiyalariga tayanish;

  • maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabga tayyorlov guruhlari bolaning talab- ehtiyojlariga uzluksiz moslashuvini ta’minlash.

Inklyuziv ta’lim – ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu hol pedagog tomonidan ta’lim jarayonini tashkil etishda har bir bolaning fiziolagik va ruhiy rivojlanish, ayniqsa, o’ziga xos bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olinishini anglatadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida alohida ta'limga muhtoj bo’lgan bolalarning ta’lim olishi va rivojlanishini qo’llab-quvvatlash – bu maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori, pedagog va maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan tashkil etiladigan jamoaviy ish.
Agar kerak bo’lsa, maktabgacha ta'lim tashkilotining pedagogik jamoasi va rahbariyati tor mutaxassislarni jalb qilgan holda, bola rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga olib, bolaning individual ta'lim yo’nalishini ishlab chiqadi11.



Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling