O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet24/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

VII bob. Rejalashtirish




Rejalashtirish – bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita, shakl va uslublarni ko’rsatgan holda, ta’lim-tarbiya ishini amalga oshirishning tartibi va ketma-ketligini oldindan belgilash jarayoni. Umuman, ta’lim-tarbiya ishining samaradorligi rejalashtirish qay darajada pishiq-puxta o’ylangani va amalga oshirilgani bilan belgilanadi.
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojida noaniq holatlarning kamayishi bilan bir qatorda, pedagogning bugungi va ertangi faoliyatida uzviylikni ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagogning bolalar jamoasi va ota-onalar hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat doirasidagi maqsad va vazifalarni anglash, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini qiziqarli va foydali bo’lishini ta’minlash istagiga asoslanadi.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligi, tajribasi, o’z faoliyati natijalarini ko’rib, tahlil eta olish hamda MTTdagi shart-sharoit e’tiborga olinishi zarur.
Ta’lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga, kundalik harakatlar, bolalar o’yinlari, pedagog tomonidan rejalashtirilgan ta’lim va rivojlantiruvchi markazlarda bolaning tanlovi va tarbiyaviy faoliyat turlariga asoslanadi.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati ta’limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog’liq, ovqatlansh va xavfsizlik) qondirish maqsadida bolaning yoshga doir va individual rivojlanishiga asoslanadigan o’quv rejasiga muvofiq olib boriladi.
O’quv dasturida turli xil ta'lim faoliyati shakllari bo’lishi kerak. O’quv rejasini tuzishda o’yin17 maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar faoliyatining asosiy va yetakchi turi ekanligini hisobga olish kerak.
Ta’lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirishni ta’lim muhitiga bog’liq holda turli-tumanlik va moslashuvchanlik asosida integratsiyalash, buning natijasida pedagog o’z faoliyatining rejasini mustaqil ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatida rejalashtirishning quyidagi turlari mavjud:

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling