O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet26/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Haftalik reja


Haftalik reja yillik mavzuiy rejaga tayanadi va o’z ichiga haftaning kichik mavzularini, shu jumladan, shu mavzu bo’yicha mazkur haftada o’tkaziladigan chora-tadbirlarni oladi.
Haftalik reja hafta mavzusiga mos holda rivojlanishning barcha sohalari bo’yicha maqsadlarning belgilanishiga, bolaning tanloviga ko’ra markazlarning tayyorlanishiga, mashg’ulotlarning taqsimlanishiga yo’naltiriladi.
Hafta mavzusi barcha rivojlanish markazlarida amalga oshirilishi kerak.
Haftalik rejada ham guruhdagi, ham sayr vaqtidagi didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar rejalashtiriladi.
Bolalar bilan ishlashning mazmuni va ketma-ketligi faoliyat turini (faol faoliyat / passiv faoliyat;) hisobga olgan holda, individual (kichik guruhda yoki katta guruhda;) faoliyat, bola rahbarligi ostidagi faoliyat va uni amalga oshirish joyini (xona ichidagi faoliyat / tashqaridagi faoliyat) hisobga olish bilan rejalashtirilishi zarur.
Ertalabki davra suhbati” tuzilishi. Muloqot shaklida o’tkaziladi (dialog). (hafta mavzusiga mos mavzu taklif qilinadi).

  1. Salomlashish yoki "Kunning kirish qismi"

  2. “Kun yangiliklari” - axborot almashinuvi.

  3. Nafas olish va barmoq mashqlari.

  4. Hafta mavzusiga oid o’yin.

  5. Kun uchun ishlarni rejalashtirish

Kechki davra suhbati / o’tgan kun refleksiyasi” tuzilishi. Muloqot shaklida o’tkaziladi (dialog). (hafta mavzusiga mos mavzu taklif qilinadi).

  1. Refleksiya. (Bolalar bilan o’tgan kun muhokamasini qilish).

  2. Muammolar muhokamasi. (Agar muammolar kun davomida yuzaga kelgan bo’lsa, muammoli vaziyatlarni muhokama qilish, mustaqil yechim topishga o’rgatish).



18I.V.Grosheva, Sh.Sh.Mirziyoyeva., F.B.Tashmuxamedova., M.E.Rustamova, N.A.Madjitova., U.T. Mikailova, M.A.Ismailova
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” metodik qo’llanma (birinchi nashr).
19“Taxminiy yillik mavzuviy reja” dasturining 6-ilovasi

  1. Bolalar jamiyati. (Do’st bo’lish, diqqatli bo’lish, ijobiy munosabatni yaratish).

  2. Muloqotga o’rgatish (Bolalarda muomala madaniyatini shakllantirish).

  3. Davra suhbatlari davomida shu kabi savollardan foydalanish mumkin. “Bugun biz nima qildik?”, “Kecha bizning guruhda qanday qiziqarli voqealar bo’ldi?”, “Agar siz bilan urushmoqchi bo’lishsa, nima qilish kerak?”, “Nega qoidalarga amal qilolmaysiz?”, “Nima deb o’ylaysiz, kimni mehribon deb atash mumkin? va boshqalar.

Haftalik ish rejasi20 xilma-xil va moslashuvchan, ya'ni ob-havoning o’zgarishi va bolaning qiziqishini hisobga olgan holda, rejalashtirilgan faoliyat boshqasi bilan almashtirilishi yoki mashg’ulot vaqtini o’zgartirish mumkin. Masalan, agar pedagog bahorgi bog’ga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan bo’lsa, lekin havo juda yomg’irli bo’lsa, pedagog bu mashg’ulotni xonada o’tkazilishi mumkin bo’lgan boshqa mashg’ulot bilan almashtirishi mumkin.
Rejalashtirishda pedagoglarga quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. Ta'lim tamoyili asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni kognitiv, tadqiqot faoliyati va o’yin shaklida rivojlantirish;

  2. Ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning tematik tamoyili;

  3. Ta'lim, tarbiya va rivojlanish faoliyatlarining birligi tamoyili (ta'lim va tarbiya vazifalari nafaqat tashkil etilgan o’quv faoliyatida, balki boshqa rejaviy paytlarda ham rejalashtirish);

  4. Pedagog faoliyatining ketma-ketligi, davomiyligi va ayniqsa, turli jarayonlarni amalga oshirish uchun tibbiy-sanitariya-gigiyenik talablarni hisobga olish;

  5. Yil fasllari va ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda sayr, sog’lomlashtirish va ekologik ta’limni amalga oshirish;

  6. Bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish (bola temperamentining turi, uning sevimli mashg’ulotlari, kuchli va zaif tomonlari, oila madaniyati va bosh.).

  7. Tashkil etilgan muqobil va mustaqil faoliyat ta'lim turlarini oqilonalik nuqtai nazaridan ketma-ketligini taqsimlash bolaning rivojlanishini hisobga olgan holda (o’yinli mashg’ulotlar, individual, kichik guruhlarda va frontal faoliyat);

  8. Tarbiyaviy ishlarning muntazamliligi, ketma-ketliligi va takrorlanishi (bitta o’yinni bir necha marta rejalashtirish, ammo vazifalarni o’zgartirish,o’yinni tanishtirish, o’yin qoidalarini o’rganish, qoidalarga rioya qilish, bolalarga do’stona munosabatda bo’lish, o’yin qoidalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash va boshqalar);

  9. Rejalashtirilgan faoliyatni rag’batlantirish;

  10. Har bir bolaning salohiyatini maksimal darajada ochib berishga hissa qo’shadigan turli xil tadbirlarni rejalashtirish - shaxsga yo’naltirilgan yondashuv.

Haftalik rejalashtirish – bu pedagogning21 ish jurnali bo’lib, ta'lim-tarbiya faoliyatini kundalik rejalashtirishni aks ettiradi.
Kunlik rejalashtirishga mashg’ulot konspekti ilova qilinishi mumkin. Konspekt pedagogning xohishiga ko’ra ijodkorlik va rang-baranglikdan foydalangan holda ishlab chiqiladi.
Pedagogning ish jurnali o’z ichiga quyidagi bo’limlarni oldi:

  • titul varag’i;



20“Taxminiy haftalik rejalashtirish” dasturning 7-ilovasi. I.V.Grosheva, E.A.Nekrasova, I.V.Kuryayeva, S.S.Mirjalilova “6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruhlar uchun mavzuli rejalashtirish” pedagoglar uchun uslubiy qo’llanma. Toshkent-2022
21“6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruh pedagoglarining ish jurnali”
Toshkent-2022

  • maktabgacha ta’lim tashkiloti, guruh va o’quv yili to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • o’quv yili uchun yillik vazifalarni rejalshtirish;

  • guruh kun tartibi;

  • bolalar faoliyatining haftalik taxminiy taqsimoti;

  • o’quv yili uchun rivojlanish yo’nalishlariga muvofiq bolalarni rivojlantirish, tarbiyalash va o’qitish vazifalari;

  • ertalabki gimnastika kompleksi;

  • o’quv yili va yozgi sog’lomlashtirish davri uchun tadbirlarning taxminiy rejasi;

  • Ta'limiy-tarbiyaviy ishlarning taxminiy rejasi (bolalar bilan individual ishlashning taxminiy rejasi; har oy uchun sayrni taxminiy tashkil etish rejasi; har oy uchun ota-onalar bilan ishlashning taxminiy rejasi; maktabgacha ta'lim tashkiloti metodisti / rahbarining taxminiy uslubiy tavsiyalari;).




Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling