O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


VI bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni


Download 2.99 Mb.
bet23/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

VI bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni


6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonlari o’quv dasturi asosida amalga oshiriladi14.
Ta'lim-tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • inklyuziv ta'limni ta'minlash;

  • bolaning har tomonlama (yaxlit) rivojlanishini ta'minlaydigan ta'lim muhiti xususiyatlarini belgilash;

  • o’yin ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning asosi hisoblanadi;

  • bola ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;

  • rejalashtirish va baholash samaradorligi;

  • ota-onalar bilan hamkorlik;

  • interaktiv ta'lim;

  • integratsiyalashgan ta'lim.

Dasturning asosiy vazifalari nafaqat bolalar faoliyatining tashkil etilgan turlarida (frontal, guruhlarda), balki bolalar, pedagoglar va ota-onalarning individual, mustaqil, o’yinli, birgalikdagi faoliyatida ham to’liq namoyon bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tili va chet tillaridan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi15.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o’quv yili davomida 6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonini o’quv yili bo’yicha tashkil qiladi. O’quv yili 2-sentabrda boshlanadi va 31-maygacha davom etadi. 1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog’lomlashtirish davri tashkil etiladi.
6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli tayyorlov guruhlarida haftasiga kamida 15 soat davomida ta’lim-tarbiya jarayonlari tashkil etiladi.
6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, hamjamiyat (mahallalar), nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin.
Ushbu guruhlarning bolalari ro’yxati uyma-uy yurish orqali shakllantiriladi, bu kabi jarayonlar maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari tomonidan belgilangan hududda (hudud) amalga oshiriladi.
6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi16.




14“6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruhlar uchun namunaviy o’quv
reja” dasturning 5-ilovasi
15O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 453-modda)
16O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qarori.
6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga “Boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o’tganlik to’g’risida”gi sertifikat beriladi.



Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling