O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


O’yin maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning


Download 2.99 Mb.
bet20/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

O’yin maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning


yetakchi turi sifatida

Tadqiqotlar natijasiga ko’ra (K.Groos, V.Shtern, F.Bontendayk, J.Piaje, E.Erikson, L.Vigotskiy, D.B.Elkonin va bosh.), o’yin kichik yoshdagi bolalar hayotining muhim qismi bo’lib, o’yin orqali rivojlanish esa uzviy bog’liq jarayonlardir. Ekspertlarning fikricha, “O’yin bolalarga bilim doirasi va harakat ko’nikmalarini rivojlantirish, ularni qurshab odamlar dunyosi va undagi o’zining o’rnini anglash uchun zarur” (Frost va Yakob, 1995-yil). O’yin jarayonida bolalar hamkorlik qilishga o’rganadi, qoidalar bilan tanishadi va yangilarini ishlab chiqadi, o’ziga va boshqalarga baho berishi ko’nikmalari rivojlanadi, shaxsiy, jismoniy, intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi.


“Ilm yo`li” variativ dasturi bolaning o`yin huquqini e’tirof etadi, o`yinning bola uchun ahamiyatini va uning pedagogik imkoniyatlarini hisobga oladi, tarbiyaviy faoliyatni tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar bolalar o’yiniga yordam berishlari muhimdir.
Bolalar o’yinini tashkil etishda pedagogning o’rni quyidagilar bilan ifodalanadi:
bolalar o’yinlari uchun sharoit yaratish (vaqt, joy, resurslar). Pedagog o’yin maydonchasini tayyorlaydi, bolaning yoshi, qiziqishlari, qobiliyati va madaniyatiga mos keladigan rag’batlantiruvchi o’yin resurslari bilan ta'minlaydi. Pedagog xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda xona ichida va tashqarisida ham o’yin uchun imkoniyatlar yaratadi;
bolalar o’yinini rivojlantirish. Pedagog bolalarga o’yin orqali o’rganish va rivojlanishlari uchun imkoniyatlar yaratadi. Pedagog bolalarga o’yin holatiga kirishga yoki o’ynashni davom ettirishga yordam beradigan ko’nikmalarni shakllantiradi. U bolalarning individual xususiyatlari, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va rivojlanish ehtiyojlarini kuzatish asosida o’yinni rejalashtiradi;

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling