O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab


Download 276.69 Kb.
bet20/27
Sana10.10.2023
Hajmi276.69 Kb.
#1697030
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
213-buyruq variativ 2023-2024906

Jami

22

22

Tanlov fanlari

1

CHQBT

5

5

2

Jismoniy tarbiya

4

4

Jami

9

9

Umumiysi

31

31




  1. Harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi tanlov sinfida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” va “Jismoniy tarbiya” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi.

  2. Harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida tanlov fani sifatida belgilangan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” hamda “Jismoniy tarbiya” fanlari dars mashg‘ulotlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanga ushbu variativ o‘quv rejada majburiy fan sifatida ajratilgan soatlar bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 213-sonli buyrug‘iga
4-ILOVA
TA’LIM QOZOQ, QIRG‘IZ, TOJIK, TURKMAN TILLARIDA BO‘LGAN UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI UCHUN 2023-2024-O‘QUV YILIGA
MO‘LJALLANGAN VARIATIV O‘QUV REJALAR VA TUSHUNTIRISH XATI

    1. UMUMIY QOIDALAR

  1. Ta’lim qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun variativ o‘quv rejalar 7-8-9-10-11-sinflariga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu variativ o‘quv rejalar 7-8-9-sinflarda 17 ta yo‘nalishda, 10-11-sinflarda 18 ta yo‘nalishda joriy etiladi.

  2. Mazkur variativ o‘quv reja 2 qism (majburiy fanlar va tanlov fanlari)dan iborat.
    1. MAJBURIY FANLAR TUSHUNTIRISH XATI


  1. Tanlov sinflarida quyidagi majburiy fanlar o‘qitiladi:

7-8-9-sinflarda 16 ta, 10-11-sinflarda 10 ta umumta’lim fanlari majburiy fanlar sifatida o‘qitiladi.

  1. Ona tili va adabiyot fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soat “Ona tili” va 1 soat “Adabiyot” fani;
10-11-sinflarda haftasiga 1 soat “Ona tili” va 1 soat “Adabiyot” fani o‘qitiladi.

  1. O‘zbek tili fani 7-11-sinflarda haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi.

  2. Rus tili fani 7-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

7 Chet tili fani 7-11-sinflarda haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi.

  1. Tarix fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-9-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani haftasiga 2 soatdan, “Jahon tarixi” fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi;
10-11-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani haftasiga 1 soatdan, “Jahon tarixi” fani 1 soatdan o‘qitiladi.

  1. Davlat va huquq asoslari fani 8-9-sinflarda haftasiga 1 soat o‘qitiladi.

  2. Tarbiya” fani 7-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  3. Matematika fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-11-sinflarda “Algebra” fani haftasiga 3 soatdan, “Geometriya” fani 2 soatdan o‘qitiladi.

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fani 7-8-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 9-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi.

  2. Fizika fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  3. Kimyo fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  4. Biologiya fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  5. Geografiya va iqtisodiyot faniga ajratilgan soatlar quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-9-10-sinflarda 2 soatdan.
Bunda, 8-9-sinflarda uchun 0,5 soatdan “Iqtisodiy bilim asoslari” faniga ajratiladi hamda 8-9-sinflarda “Iqtisodiy bilim asoslari” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Musiqa madaniyati fani 7-sinfda haftasiga 1 soat o‘qitiladi.

  2. Tasviriy san’at va chizmachilik fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

“Tasviriy san’at” fani 7-sinfda haftasiga 1 soat;
“Chizmachilik” fani 8-9-sinflarda haftasiga 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 8-9-sinflarda “Chizmachilik” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Texnologiya fani 7-sinfda haftasiga 1 soat, 8-9-sinflarda 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Texnologiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  2. Jismoniy tarbiyafani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

“Jismoniy tarbiya” fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 10-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani 10-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  2. Tanlov sinfi o‘quv rejasida belgilangan soatlar doirasida quyidagi majburiy fanlarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan taqdirda o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-11-sinflarida “Chet tili” fani, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, 7-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”, 8-11-sinflarda “Jismoniy tarbiya”, 7-9-sinflarda “Texnologiya”, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”, 7-11-sinflarida “O‘zbek tili”, “Rus tili” fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

  1. Tanlov sinfida majburiy fanlar bilan birga tanlov fanlari ham o‘qitiladi va tanlov fanlari uchun haftada 7-8-9-sinflarda jami 2 soatdan, 10-11-sinflarda jami 9 soatdan ajratiladi.


  1. Download 276.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling