O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab
Download 276.69 Kb.
|
213-buyruq variativ 2023-2024906
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-8-9-sinf
Tarix va arxeologiya yo‘nalishidagi tanlov sinfida “Tarix” va “Geografiya” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi. Tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar quyidagi taqsimot asosida o‘qitiladi: 7-8-9-sinflarda “Tarix” fani 1 soatdan, “Geografiya” fani 1 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Tarix” faniga ajratilgan 1 soatda “O‘zbekiston tarixi” fani o‘qitiladi. 10-11-sinfda “Tarix” fani 5 soat, “Geografiya” fani 4 soat o‘qitiladi. Bunda, 10-11-sinfda “Tarix” faniga ajratilgan 5 soatning 3 soatida “O‘zbekiston tarixi”, 2 soatida “Jahon tarixi” fani o‘qitiladi.
Turizm yo‘nalishidagi tanlov sinfida “Tarix” va “Chet tili” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi. Tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar quyidagi taqsimot asosida o‘qitiladi: 7-8-9-sinflarda “Tarix” fani 1 soatdan, “Chet tili” fani 1 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Tarix” faniga ajratilgan 1 soatda “O‘zbekiston tarixi” fani o‘qitiladi. 10-11-sinflarda “Tarix” fani 5 soatdan, “Chet tili” fani 4 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 10-11-sinflarda “Tarix” faniga ajratilgan 5 soatning 3 soatida “O‘zbekiston tarixi”, 2 soatida “Jahon tarixi” fani o‘qitiladi. Turizm yo‘nalishida tanlov fani sifatida belgilangan “Chet tili” fani dars mashg‘ulotlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanga ushbu variativ o‘quv rejada majburiy fan sifatida ajratilgan soatlar bundan mustasno).
Yurisprudensiya yo‘nalishidagi tanlov sinfida “Davlat va huquq asoslari” va “Chet tili” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi. Yurisprudensiya yo‘nalishida tanlov fani sifatida belgilangan “Chet tili” fani bo‘yicha 7-8-9-10-11-sinflarga ajratilgan dars soatlar mashg‘ulotlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanga ushbu variativ o‘quv rejada majburiy fan sifatida ajratilgan soatlar bundan mustasno).
Download 276.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling