O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab
Download 276.69 Kb.
|
213-buyruq variativ 2023-2024906
- Bu sahifa navigatsiya:
- TILLAR yo‘nalishidagi variativ o‘quv rejasi va tushuntirish xati
Ta’lim qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan FILOLOGIYA
yo‘nalishidagi variativ o‘quv rejasi va tushuntirish xati
Filologiya yo‘nalishidagi tanlov sinfida “Ona tili va adabiyot” va “Chet tili” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi. Tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar quyidagi taqsimot asosida o‘qitiladi: 7-8-9-sinflarda “Ona tili va adabiyot” fani 1 soatdan, “Chet tili” fani 1 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Ona tili va adabiyot” faniga ajratilgan 1 soatda “Ona tili” fani o‘qitiladi. 10-11-sinflarda “Ona tili va adabiyot” fani 5 soatdan, “Chet tili” fani 4 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 10-11-sinflarda “Ona tili va adabiyot” faniga ajratilgan 5 soatning 3 soatida “Ona tili”, 2 soatida “Adabiyot” fani o‘qitiladi. Filologiya yo‘nalishida tanlov fani sifatida belgilangan “Chet tili” fani bo‘yicha 7-8-9-sinflarga ajratilgan 1 soat, 10-11-sinflarga ajratilgan 4 soat dars mashg‘ulotlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanga ushbu variativ o‘quv rejada majburiy fan sifatida ajratilgan soatlar bundan mustasno). 2. Ta’lim qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan XORIJIYTILLAR yo‘nalishidagi variativ o‘quv rejasi va tushuntirish xati
Xorijiy tillar yo‘nalishidagi tanlov sinfida “Chet tili” va “Ona tili va adabiyot” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi. Tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar quyidagi taqsimot asosida o‘qitiladi: 7-8-9-sinflarda “Chet tili” fani 1 soatdan, “Ona tili va adabiyot” fani 1 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Ona tili va adabiyot” faniga ajratilgan 1 soatda “Ona tili” fani o‘qitiladi. 10-11-sinflarda “Chet tili” fani 6 soatdan, “Ona tili va adabiyot” fani 3 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 10-11-sinflarda “Ona tili va adabiyot” faniga ajratilgan 3 soatning 2 soatida “Ona tili”, 1 soatida “Adabiyot” fani o‘qitiladi. Xorijiy tillar yo‘nalishida tanlov fani sifatida belgilangan “Chet tili” fani bo‘yicha 7-8-9-sinflarga ajratilgan 1 soat, 10-11-sinflarga ajratilgan 6 soat dars mashg‘ulotlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanga ushbu variativ o‘quv rejada majburiy fan sifatida ajratilgan soatlar bundan mustasno).
Download 276.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling