O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga xizmatga nomzodlarni qabul qilish tartibi


Nomzodni dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish


Download 28.37 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1575765
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Milliy Gvardiya

Nomzodni dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish
Xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro doimiy yashash joyidagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga murojaat qilishlari mumkin. Nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa, arizada kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilish sababini ko‘rsatishi lozim. Navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi tadbirlari hamda suhbat o‘tkaziladi. Nomzodning bo‘yi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki o‘rganish tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
pasport nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda);
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda);
tug‘ilganlik haqida guvohnomaga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan yoki almashtirilgan bo‘lsa, bu haqda tegishli FHDYo organidan ma’lumotnoma;
qarindoshlarining (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) pasportlari va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi guvohnomalari nusxalari;
3 x 4 sm o‘lchamdagi oltita rangli fotosurat (bosh kiyimsiz), shuningdek 9 x 12 sm o‘lchamdagi ikkita rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
anketa-ma’lumotnoma;
o‘qish, ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
o‘rta yoki o‘rta maxsus (kasb-hunar) yoxud oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (aslini ko‘rsatilgan holda);
aslini ko‘rsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (erkak jinsidagi nomzodlar uchun);
yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma.
Nomzod taqdim etgan hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi zarur. Hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lgan hollarda nomzod shu vaqtning o‘zida jismoniy tayyorgarlik sinovidan o‘tkaziladi. Jismoniy tayyorgarlik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod suhbatga kiritiladi. O‘rganish komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodni dastlabki o‘rganish bosqichida o‘tkazilgan sinov va suhbat natijalari umumlashtirilib, shu kunning o‘zida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Nomzod suhbat o‘tkazish varaqasi bilan tanishganligini shu vaqtning o‘zida o‘z imzosi bilan tasdiqlashi lozim.

Download 28.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling