O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga xizmatga nomzodlarni qabul qilish tartibi


Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik


Download 28.37 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1575765
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Milliy Gvardiya

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik 
o‘rganishni tashkil etish hamda o‘tkazish
Saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik o‘rganish bosqichlari Milliy gvardiyaning mavjud bo‘sh lavozimlaridan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi. Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha qoniqarsiz baholangan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi. Qoniqarsiz baholangan nomzod, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Nomzodlarni psixologik o‘rganish test va topshiriqlar shaklida amalga oshiriladi. Psixologik o‘rganish natijalari qoniqarsiz bo‘lgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan psixologik o‘rganish natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzodning xizmat talablariga muvofiqligi haqida;
nomzodning xizmat talablariga nomuvofiqligi haqida.
Doimiy komissiya bayonnomasi u tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi.
Nomzodni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
Nomzodlar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xizmatni o‘tashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Saralashning dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik o‘rganish bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun (Doimiy komissiya bayonnomasidan ko‘chirma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) nusxasi, narkologik, sil kasaliga qarshi kurash, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarshi kurash markazidan olingan ma’lumotnoma, so‘nggi besh yil ichidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan ko‘chirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga) yuboriladi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar xizmatga qabul qilinmaydi.

Download 28.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling