O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 0.87 Mb.
bet13/15
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1389199
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Hindistonda arablar. kurs ishi

Madaniyatning ravnaq topishi
Gupta davlati davrida arxitiktura, ayniqsa ibodatxona va saroylar qurilishiga alohida e'tibor berildi. Ammo madaniyat yodgorliklari turli hujumlar oqibatida vayron qilingan, yo'qotilgan. Ayrim madaniy yodgorliklarning hozirgacha yetib kelgan ba'zi bir binolarga qarab ularning juda mohirlik bilan qurilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan: baxaybat yaxlit toshlarning ichini gor - gor qilib oyib ishlangan Ellara va Alanta ibotxonalari o'shanday qurilishlar jumlasidandir .Ibodatxonalar ichida qadimiy hind va budda afsonalaridan olib ishlangan haykallar benihoya ko'p bo'lib, bularda kishilarning figuralari ifoda etilgan. Bu figuralar o'zinig go'zalligi va ulug'vorligi bilan katta taassurot qoldiradi. Gupta davrida rassomlar va ustalar metalga pardoz berishning yuksak mahoratini egallaganlar. Er.av. IV asrning oxiri va V asr boshlarida quyma temirdan ishlangan udtun hozirga qadar yaxshi saqlangan.
Xulosa.
Gupta davrida fan taraqqiyotiga katta e'tibor berildi. Bir qancha hind munajjimlari (astranomlari) nomi butun dunyoga mashhur edi. Bular orasida V-VI asrlarda yashagan, grek fani va astronomiyasi bilan tanish bo'lgan Aryabxata, Varaxamixira va Braxmagupta ayniqsa mashhurdir. Hindistonda bu davrda tabobat ilmi, giyoh bilan davolash rivoj topgan edi. Adabiyot, poeziya, drama yuksak darajada rivojlandi. IV asning oxiri va V asrning I-yarmida geniol hind shoiri Kalidasining asrlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Kalidasi ayniqsa "Alqishlangan Shakuntala" dramasi dong qozondi. Bu asarida nihoyatda nazokatli va shu bilan bir vaqtda o'z yo'lida uchragan ogir mashaqqatli to'siqlarni yenga olgan jo'shqin jasoratli oddiy hind ayolining ajoyib obrazi berilgan. Bu asar Garbiy Yevropaga 1789 yilda ma'lum ma'lum bo'lishi bilanoq qadimiy hind adabiyotiga nisbatdan katta qiziqish uygotdi. Shunday qilib, Hind madaniyatining taraqqiyoti nafaqat Osiyo davlatlarida, balki Garbiy Yevropa madaniyati taraqqiyotiga ma'lum darajada ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Hind dinastiyasining evalyutsiyasi
Gupta zamonida hindlarning hukumron dini biraxmanizm bo'lib, bu din uchta asosiy xudo -Braxma, -Vishnu -Shiva va boshqa ko'p xudolar ham bor deyishadi. Bu xudolar tabiat kuchlarining barcha turli - tuman forma va ko'rinishlarining ifodasi edi , odamlar ,hayvonlar, o'simliklar,har xil jonsiz narsalar - sanamlar va hokazolar ilohiylashtirilar edi. Braxmanizm ichida alohida bir din - buddizm ham paydo bo'lib, ko'p ixlosmandlarini orttirdi .Bu din eramizdan oldingi V asrdayoq paydo bo'lgan edi.
Gupta podsholigining ko'pi buddizmga homiylik qildi. Ammo oxir oqibatda, braxmanizm buddizm ustidan galaba qozondi. Lekin u yangi ko'rinishda - Hinduizm faoliyat ko'rsatdi. Buddizmdagi ayrim qoidalar saqlanib qolindi. Buddizm dini Hindiston tashqarisida - Xitoyda, Hindi-Xitoyda Indoneziya, shuningdek Mo'g’ulistonda, Tebetda va qisman O'rta Osiyoda (Turkistonda) keng tarqaldi, Hindistonda buddisshlar oz edi.
Gupta davlatining tugashi. Xarsha davlati
Gupta davlati VI asrning boshlariga kelib tugadi. Bu davlat V asrdayoq tushkunlikka yuz tutgan edi, asosiy sababi mehnatkashlar ommasining ahvoli og'irligi edi. Soliqlarning haddan tashqari ko'payishi, turli xil ko'rinishdagi majburiyatlarning bajarilishi, dehqonlar xonadoning vayron bo'lishiga olib keldi. Tashqaridan boshlangan hujum, yard ko'chmanchi eftalitlar, oq Gunlarning V asr oxiri VI asrning boshlarida Shimoliy chegarani yorib o'tib Hindistonning shahar va qishloqlarini nihoyatda vayron va xarob qilib tashladi. 530 yilda oq Gunlar podsho Guptaning vassaliroja Yasodxorma tomonidan tor-mor qilindi.
Gunlarni yengan Yasadxarma Gupta dinastiyasiga bo'ysunishdan bosh tortib, maxaroja unvonini oldi. Lekin unga Gupta davlatining faqat bir qismigina bo'ysundi.
VII asrning boshlarida Xarsha (606-647) davlati ancha yuksaldi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi, so'ngra u butun Shimoliy Hindistonni bo'ysundirdi Xorsha davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan territoriyani o'z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. Uning hokimiyati feodallashuv jarayoning kuchayishi - rojalar qudratining ortib borishi natijasida uzoq yashamadi. Bu rojalar ko'p vaqt o'tmay mustaqil bo'lib oldilar. Xorsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi . Mamlakatda ichki o'zaro urushlar, ichki nizolar avj oldi ....
Hindistonga arab va turklarning kirib kelishi. Dehli sultonligining tuzilishi
VII asrning oxirida Eron va Afg'onistonni bosib olganlaridan keyin, arablar Hindistonga bevosita yaqinlashib qoldi. Hindistonga fors qo'ltig'I orqali ham hujum qilishi imkoniyati ham bor edi. 712 yilda Ummaviylarning sarkarlaridan biri Muhammad ibn Qosim, Basradan suzib borib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Lekin oradan bir necha o'n yil o'tgach, arablar Hindistondan butunlay siqib chiqarildi.
... Musulmonlarning ikkinchi marta hujumi XI asrning ikkinchi yarmida qaytadan boshlandi, ya'ni kuchli va urushqoq turk - eron davlati - G'aznaviylar davlatining tashkil topishi bo'ldi. (bu davlatning nomi poytaxt bo'lishi G'azna shahrining nomidan olingan edi.) Sulton Mahmud G'aznaviy (998-1030) Sharqiy Eron va Afg'oniston yerlari, 1017 yildan e'tiboran esa Amudaryoning berigi tomonidagi yerlarni, ya'ni Buxoroni ham o'z qo'l ostiga kiritib oldi.
Mahmud G'aznaviy podsholigi davrida Hindistonga o'n yeti marta yurish qilinib, musulmonlar tomonidan mamlakat talandi. Mahmud G'aznaviy o'ng minglab erkak va ayollarni asir qilib olib ketdi. Juda ko'plab miqdorda oltin-kumush va boyliklar olib ketildi. G'azna shahri muhtasham binolar bilan bezaldi, bu binolarning ko'pini Hindiston ustalari qurib berdilar.
1030 yilda Mahmud G'aznaviy vafotidan keyin, uning imperiyasi Amudaryo qirg'oqlaridan to Gang daryosigacha brogan butun Hind daryosi havzasini xam o'z ichiga olgan edi. Lekin uning poytaxti Hindistondan tashqarida edi.
XII asr oxirlarida Hindistonga G'azna istelochilari ikkinchi marta hujum qildi. 1175 yilda G'azna hokimi Muhammad Guriy Lanjobga bostirib kirib, uni egallagach, Sharqga qarab siljishni davom ettirdi. 90 yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o'rtasidagi butun yerlarni, so'ngra esa Bengaliyani bosib oldi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling