O‘zbekiston Respublikasi mustaqil tashqi siyosatining yo‘lga qo‘yilishi va tashqi siyosati tamoyili
O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari
Download 51.06 Kb.
|
4-mavzu
O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari. 1991-yil 28-dekabrida Yaponiya O‘zbekistonning mustaqilligini tan oldi. 1992-yil-26 yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
1994 yil 17 mayda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi qo‘shma bayonot, 2002 yil 29 iyulda O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o`rtasida do‘stlik, strategik sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot va 2015-yil 25 oktabrda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida strategik sherikchilikni chuqurlashtirish va kengaytirish to`g`risidagi qo`shma bayonot o`zaro hamkorlikning huquqiy asosini ta`minlovchi hujjatlar bo`ldi. Mintaqa bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 2004 yilda Tokio tashabbusi bilan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” Dialogi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 2017-yil 1 mayda Ashxobot shahrida Dialog doirasida bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining 6-kengashida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. O‘zbekistonda 10 ta qo‘shma korxona mavjud bo‘lib, shundan bittasi 100 foiz yapon sarmoyasi ishtirokida tuzilgan. 13 ta yapon kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o`tgan. 2017-yil yanvar-oktabr oralig‘ida o‘zaro tovar aylanmasi 138,5 million dollarni tashkil qildi. 1999 yildan boshlab O‘zbekistonda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) ning mintaqaviy vakolatxonalari, hamda O‘zbek-Yapon markazi faoliyat olib bormoqda. “O‘zavtosanoat” AK va Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni samarali namuna sifatida keltirish mumkin. “Isuzu” agregatlari asosida 10 mingga yaqin avtobuslar va 11 mingdan ortiq yuk mashinalari ishlab chiqarildi. 1999 yilda “O‘zbekiston-Yaponiya” do‘stlik jamiyatiga asos solindi. Uning asosiy hamkorlari “Yaponiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati va “Fukushima-O‘zbekiston” madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasi hisoblanadi. 2002 yili “Ikuo Xirayama мadaniyat karvonsaroyi” nomli o‘zbek-yapon ilmiy-ijodiy markazi ochildi. 2017-yil 2-5 avgustda Yaponiya Bosh Vaziri rafiqasi Akie Abe boshchiligida madaniyat va san’at namoyondalaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Dram TAO” ijodiy jamoasi konserti o‘tkazildi. Download 51.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling