O‘zbekiston Respublikasi mustaqil tashqi siyosatining yo‘lga qo‘yilishi va tashqi siyosati tamoyili


Oʻzbekiston-Malayziya munosabatlari


Download 51.06 Kb.
bet10/10
Sana18.06.2023
Hajmi51.06 Kb.
#1579674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu

Oʻzbekiston-Malayziya munosabatlari. Malayziya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 1-yanvar kuni tan olgan. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 21-fevralda oʻrnatilgan.
Ikki tomonlama doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda tamal toshi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992-yilgi va Malayziya Bosh vaziri Moxatxir Moxammadning 1993-yilgi rasmiy tashriflari chogida qoʻyildi. 2003-yil esa Oʻzbekistonga Malayziya qiroli Tuanku Sayyod Sirajuddin Jamalullayl tashrif buyurdi.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Malayziya investitsiyasi ishtirokida 14 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ikki davlat ilm-fan va madaniyat jamoatchiligi oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida 1998-yil Toshkentda “Oʻzbekiston-Malayziya” Doʻstlik jamiyati tashkil etildi.
2015-yil 23-27-aprel kunlari, madaniyat va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida Malayziya Madaniyat va turizm vaziri Dato Seri Mohammed Nazri bin Abdul Aziz O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston-Singapur munosabatlari. Singapur Respublikasi Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yilda tan olgan va 1997-yil 8-aprelda diplomatik aloqa oʻrnatgan.
2007-yildan Singapurda Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi faoliyat olib bormoqda. 2011-yildan boshlab Singapurning O‘zbekistondagi elchisi Zulkifli bin Baharuddin hisoblanadi.
Hamkorlikni rivojlantirishda tamal toshi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yil 24-26-yanvar kunlari Singapurga qilgan davlat tashrifi chogʻida qoʻyildi.
Davlat statistika qoʻmitasi bergan ma’lumotga koʻra, davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni boʻyicha $66,4 mln.ni tashkil qilgan (eksport – $56,1 mln., import – $10,3 mln.).
2008-yildan boshlab Toshkentda Singapur Menejmentni rivojlanish Instituti (MDIS) faoliyat yuritib kelmoqda.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy tashkilotlarda ishtiroki


2. O‘zbekiston Respublikasining BMT bo‘limlari bilan hamkorligi
3. O‘zbekiston Respublikasining BMTning bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari
4. O‘zbekiston Respublikasi va BMT taraqqiyot dasturi (BMTTD) o‘rtasidagi hamkorligi
5. O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkiloti (IHT), Yevropa ittifoqi va Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YTTB) bilan hamkorligi
Download 51.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling