O‘zbekiston Respublikasi mustaqil tashqi siyosatining yo‘lga qo‘yilishi va tashqi siyosati tamoyili


O‘zbekiston – Janubiy Koreya munosabatlari


Download 51.06 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi51.06 Kb.
#1579674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu

O‘zbekiston – Janubiy Koreya munosabatlari. Koreya Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan, 1992-yil 29-yanvarda diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
2006-yilda Strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyasi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi natijalari bo‘yicha Strategik hamkorlikni hartomonlama kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonoti qabul qilindi. 2017-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 1360,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning hajmi 7 mlrd. AQSh doll.dan oshgan. Navoiy erkin industrial iqtisodiy zonasi tashkil etilishi Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining faol ishtirokida amalga oshirildi.
1999 yildan “O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik jamiyati ish olib bormoqda. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2014-yil 1 oktabrda Toshkent shahrida kompyuter, dasturiy injiniring va logistika sohalarida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Janubiy Koreyaning “Inha” universiteti filiali ochildi.
O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil 2-yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.
Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya va 2013-yil 9-sentabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asoslangan. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 11-13-may kunlari Pekinga davlat tashrifi, shuningdek, 2017-yil 14-15-may oyida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forum’da ishtirok etish asnosida erishilgan qarorlar va kelishuvlarni amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi.
2017-yil yakunlariga bo‘yicha ikki tomonlama tovar ayirboshlash $5 mlrd. yetgan bo‘lsa, shundan $2,2 mlrd. eksportni va $2,8 mlrd.ni import tashkil etgan.
O‘zbekiston “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvuri va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Respublikamizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 786 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 95 tasi 100 foiz Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Mamlakatimizda Xitoyning 73 kompaniyasi vakolatxonalari ishlab turibdi.
2005-yil may oyidan Toshkentda xitoy tili va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha Konfutsiy instituti faoliyat yuritib kelmoqda.
2013-yil sentabr oyidagi XXR raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Samarqand shahrida yana bitta Konfutsiy institutini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
2013-yil 15-may kuni Shanxay shahrida Xitoyda birinchi marta Shanxay universiteti huzuridagi ShHT xalq diplomatiyasi ilmiy tadqiqot instituti negizida “O‘zbekiston tadqiqotlari va ta’lim almashuvlari markazi” ochildi.
Ikki tomonlama madaniy munosabatlarni mustahkamlashda 1998-yil tashkil qilingan “O‘zbekiston – Xitoy” va 2007-yil o‘z faoliyatini boshlagan “Xitoy Xalq Respublikasi – Markaziy Osiyo mamlakatlari” do‘stlik jamiyatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2017-yil 13 mart Xitoy va O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 25-yilligini nishonlash arafasida Shanxay universitetida Alisher Navoiy haykalining ochilishi boldi.

Download 51.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling