O‘zbekiston Respublikasi mustaqil tashqi siyosatining yo‘lga qo‘yilishi va tashqi siyosati tamoyili


O‘zbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorligi


Download 51.06 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi51.06 Kb.
#1579674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu

O‘zbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorligi
Oʻzbekiston-Avstraliya munosabatlari. O‘zbekiston Respublikasi va Avstraliya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1991-yil 26-dekabrda o‘rnatilgan. Birinchi rasmiy aloqalar 1991-yil 17-18- noyabrda Avstraliya Tashqi ishlar va savdo vaziri G.Evansning O‘zbekistonga tashrifidan boshlangan.
2017-yil 2-martida Avstraliyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) P.Martin Tesh O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri A.Kamilovga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi.
Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari 2017-yil yakuni bo‘yicha $1620,2 mingni tashkil qilgan.
Oʻzbekiston-Vetnam munosabatlari. Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan oldi, 1992-yil 17-yanvarda diplomatik aloqalar oʻrnatildi. 1993-yil Toshkentda Vetnam elchixonasi ochildi, 2009-yildan buyon Xanoyda Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsulxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.
1996-yil Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Vetnamda bo‘ldi.
Davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni boʻyicha $33,8 mln.ni tashkil qilgan. Oʻzbekistonda hozirgi kunda Vetnam sarmoyasi ishtirokida 19 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 3 tasi 100 foiz Vetnam sarmoyasi asosida tashkil etilgan.
Madaniy va gumanitar sohadagi hamkorlik doirasida 1995-yilning dekabridan boshlab “Oʻzbekiston – Vetnam” va “Vetnam – Oʻzbekiston” Doʻstlik jamiyatlari faoliyat olib borishmoqda.
Oʻzbekiston-Indoneziya munosabatlari. Indoneziya 1991-yil 28-dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi, va 1992-yil 23-iyunda diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
Indoneziya oʻzining Toshkentdagi elchixonasini 1994-yil may oyida ochdi. 1996-yilning dekabr oyidan e’tiboran Jakarta shahrida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda.
1992-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Indoneziyaga davlat tashrifi amalga oshirildi, 1995-yil aprel oyida Indoneziya Respublikasi Prezidenti X.M.Suxarto Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.
2017-yil 20-25 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Indoneziyaga tashrifni amalga oshirdi. Davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni boʻyicha $35,6 mln.ni tashkil qilgan.
Hozirgi kunda Indoneziya kapitali ishirokida 4 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
2001-yildan e’tiboran Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshida indoneziya tilini oʻrgatish boʻyicha markaz faoliyat yuritib kelmoqda. Samarqand Davlat chet tillar institutida indoneziya tili va madaniyati sinfi tashkil etilib, unda indoneziya tili dars sifatida oʻtilmoqda. 2002-yil sentabr oyida “Oʻzbekiston-Indoneziya” doʻstlik jamiyati ta’sis etildi.

Download 51.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling