O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet127/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Uchinchidan, Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tari­xiy xizmatlari undan ham beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa'y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, sa-roylar, bozorlar, ko'priklar, yo'llar, bekatlar, hammomlar, kanallar, qal'alar va boshqa qator imorat-u inshootlarning son-sanog'i yo'q.
Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixo-nim jome' masjidi, Go'ri Amir va Ahmad Yassaviy, Zangi ota maq-baralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me'moriy mo'jizalar, Bog'i Chinor, Bog'i Dilkusho, Bog'i Behisht, Bog'i Baland singari o'nlab go'zal saroy-bog'lar va boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. Bu obidalar, hech shubhasiz, inson tafakkuri va aql-zakovatining buyuk timsollaridir.
Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo'lishini ravo ko'rmasdi».
Tarix bu ko'hna dunyoda o'tgan ko'p jahongirlarni biladi. Ular­ning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shunda­ki, u umr bo'yi bunyodkorlik bilan mashg'ul bo'lgan.
Uning «Qay bir joydan bir g'isht olsam, o'rniga o'n g'isht qo'ydirdim, bir daraxt kestirsam, o'rniga o'nta ko'chat ektir-dim», degan so'zlari fikrimizning dalilidir.
Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi birgina Turkiston bilan chegaralanib qolgan emas. Buning isboti sifatida Sohibqiron qadami yetgan joylardagi tarixiy obidalarni eslashning o'zi kifoya.
Amir Temur Movarounnahr va Xurosonning shahar va qishloq-larida, hatto Janubiy Ozarbayjon va Kobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlik ishlarini olib borgan, sug'orish inshootlarini qurdirgan.
Shu ma'noda men buyuk bobomizdan qolgan har bir tarixiy yodgorlikni, u qayerda joylashgan bo'lmasin, xalqlarni bir-biriga bog'lab turuvchi beqiyos vosita, deb bilaman.
Bir o'ylab ko'raylik. Ahmad Yassaviy maqbarasi qurilganiga olti asr bo'ldi. Shu vaqt ichida bu maskan dunyoning turli burchak-laridan kelgan minglab-millionlab ziyoratchilarni ma'naviy jihatdan birlashtirib, ezgulikka da'vat etib kelmoqda.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling