O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet41/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

Oksidli - xlorlab kuydirish.
Bu usul mayda dispersli oltin minirallarini keyingi sinillab eritish uchun o’tkaziladi. Bunda xom-ashyo va boyitma 5-20% NaCl bilan aralashtirilib, 500-6000C da oksidlovchi atmosferada kuydiriladi.
Buning mexanizimi shunday: kuydirishda hosil bo’lgan oltingugurt SO2 gazi va oltingugurt S-bug’lari, kislorodli muhitda As2O3 bilan riaksiyaga kirishadi va bunda erkin xlor gazi ajraladi. Reaksiya quyidagicha ifodalaniladi:

2NaCl + So2 + O2 = Na2SO4 + Cl2 (163)


2NaCl + S + 2O2 = Na2SO4 + Cl2 (164)
Kimyoviy faol bo’lgan xlor temir sulfitlariva oksidtlari bilan reaksiyaga kirishib FeCl2 va FeCl3 hosil qiladi. Keyin bu temir xlor tuzlari havo kislorodi bilan parchalanadi:
2FeCl3 + 1,5O2 =Fe2O3 + 3Cl2 (165)
Ajralib chiqqan erkin xlor gazi yana qaytadan reaksiyaga kirishadi. Hosil bo’lgan g’ovak gematit Fe2O3 o’z strukturasiga ko’ra sinil eritmasining yanchib borishiga va oltinning to’liq erishiga imkon beradi.
Boyitmadagi og’ir rangli metallar ham xloritlarga aylanadi. Agarda boyitmada oltingugurt ko’p bo’ulsa u oddiy kuydirilib, so’ng xloridlovchi kuydirishga quyiladi. Shu bilan NaCl ning ortiqcha isrof bo’lishi oldi olinadi.
Xlorlab uchirib haydash-xloridovozgonka.
Bu usul B.N.Lebedev tomonidan kiritilgan avvaldagiga o’xshash boyitma NaCl bilan aralashtirilib, oksidlovchi atmosferada kuydiriladi. Uning avvaldan farqi, metall holidagi oltinni hajmi xlorli gaz holiga o’tkazib uni uchirib haydash va tutib olish. Bu usul faqat 950-10000C bajariladi. Oltin bilan birga Ag, Cu, Pb, Zn va boshqa metall xloridlari ham qaytariladi. Mexanizm reaksiyasi xuddi oksidlab - xlorlash kabidir.
NaCl sarfi xom-ashyoga nisbatan 10-20% ni tashkil etadi. Hamma shart-sharoit yaxshi bo’lganda kuyib uchirmaga (vozgonka) 99% Au, 98%Ag, 96% Cu, 90% Zn o’tadi. Kuyindidagi oltin 2 g/t dan oshmaydi.
Kuyib uchirmalarni qayta ishlash uchun uni suvda eritiladi eritmaga As2Cl3, FeCl3, CuCl2, PbCl2 va ZnCl2 larni o’tkaziladi. Oltin kumush bilan erimaydigan cho’kmaga AgCl bo’lib tushadi. Cho’kma quritilib, qora metall olish uchun pechlarda eritiladi. Og’ir rangli metallar bo’lsa eritmadan ajratib olinadi. Xloridlab uchirish universal usul bo’lib oltinni har qanday boyitmalardan ajratib olish mumkin.
Kamchiligi - dastgohlar to’plash og’irligi va uchirmalarni ushlab olish murakkabligidir.
Avtoklavlarda eritish.
Eritmalarni yuqori haroratda 100-2000C da eritib ishlov berishdir. Kislorod bosimi (1-2 atm) bo’lishi kerak.
Avtoklavlarda eritilganda quyidagi kimyoviy jarayonlar yuz beradi:
2FeS2 +7,5O2 + 4H2O = Fe2O3 + 4H2SO4 (166)
FeAsS2 + 3,5O2 + H2O = FeAsO4 + H2SO4 (167)
Ishqoriy natriy eritmasida konsentrat tarkibidagi pirit va arsenopiritlar erish jarayonida:
2Fe S2 + 8 Na OH +7,5 O 2 = Fe2 O3 + 4 Na 2 SO4 + 4H2O (168)
2Fe As S2 + 10 NaOH + 7O2 = 2Na2 AsO4 + 2Na2 SO4 + Fe2 O3 + 5H2O (169)
Eritmaga oltingugurt sulfididan tashqari margumush ham o’tadi. Bu tanlab eritishni osonlashtiradi. Eritmani oxak bilan ishlov berib NaOH ni ajratib regeneratsiyalash mumkin:

2Na2 AsO4 + 3Ca(OH)2 = Ca3 (AsO4) 2 + 6NaOH (170)


Hosil bo’lgan natriy arsenatni kimyoviy va yog’och ishlab chiqarish sanoatida ishlatish mumkin.
2008- yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida (NKMK) ishlab chiqarish jarayoniga biogidrometallurgik texnologiya BIOX uchinchi gidrometallurgik zavodida (GMZ-3) Uchquduqdagi Ko’kpatas va Daugiztov konlarining oltinmishyakli sulfid minerallarini qayta ishlashga moslashgan qurilma ishga tushdi.

Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling