О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус


-MAVZU: FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA


Download 1.45 Mb.
bet76/153
Sana12.03.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1263320
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   153
Bog'liq
Psixologiya RUT 03.09

10-MAVZU: FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA
Reja:
1. Faoliyat haqida
2. Faoliyat turlari
3. Motivatsiya
1. Faoliyat haqida. Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma’lum faoliyatda bo‘lmasdan yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda ko‘p bo‘lib, ulardan eng muhimi ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mehnatdir. Odam har doim jamoada bo‘lib mehnat qiladi va mehnat natijalarini ham jamoa turmush tarzini o‘zlashtiradi. Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan bo‘ladi. Anglab bo‘lmaydigan va anglab bo‘ladigan tabiiy yoki, madaniy, yoki ma’naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug‘diradi. Ma’lumki, inson faoliyati jarayonida ma’lum bir mahsulotni yaratadi va undan ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi. Aynan faoliyatda erishilayotgan muvaffaqiyatini ta’minlovchi bir qator omillar mavjud. Shular jumlasiga ob’ektiv va sub’ektiv omillarni kiritish mumkin va u quyidagi jadvalda aks ettirilgan.


Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak–atrofdagi muhit bilan belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois “faoliyat”, “faollik”, “xatti-harakat” tushunchalarining mazmun mohiyatini anglab olish lozim. Shunga ko‘ra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta’riflarga asosiy e’tiborni qaratish lozim.A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida: “Faoliyat – kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir” –deb ta’riflanadi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan “Psixologiya” qisqacha izohli lug‘atida: “Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘ladi. Psixik faollik bu o‘zaro ta’sir shu asosda faollik ko‘rsatish bilan tavsiflanadi”-deya ta’riflangan. Faoliyat – insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z–o‘zini bilishga, uni qayta qurishga yo‘naltirilgan faolligidir. Harakat – maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir. Q.Turg‘unovning “Psixologiya” terminlarining qisqacha ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘atida: Faollik – shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o‘zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lib, kishining faoliyati mehnat, o‘qish, o‘yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo‘ladi”- deb ko‘rsatiladi.Faoliyat-inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining ro‘yobga chiqish shakli. Harakat – maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan iborat.


V.M.Karimovaning “Psixologiya” o‘quv qo‘llanmasida quyidagicha ta’riflar uchraydi:
Faollik – shaxsning hayotdagi barcha xatti–harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir. Faoliyat – inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir. Mazkur ta’riflardan ko‘rinadiki, faoliyat tushunchasi o‘z tarkibiga shaxsning u yoki bu darajadagi faollik ko‘rsata olish darajalarini qamrab oladi va unga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig‘indisiga aytiladi.
Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkin.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat ob’ektiv xossalarni aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil o‘zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi.
Inson faolligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o‘zi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag‘batlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.

Faoliyatning muhim xususiyatlari

Hayvonlar faolligi

Inson faoliyati

Instinktiv – biologik faollik

Bilishga va muloqatga bo‘lgan ehtiyojlar bilan yo‘naltirilgan.

Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik maqsadlar, (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan to‘da bo‘lib yurish,

Kishilik jamiyati hamkorligidagi faoliyat asosida tashkil topgan, har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatidagi o‘rniga ko‘ra ahamiyatlidir.

Ko‘rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi

Predmet va hodisalarni mavhum-lashtirish, ular o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish va munosabatlarni aniqlash mumkin.

Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar, ko‘nikmalar yakka tartibda hosil bo‘lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo‘ladi.

Tajribani berish va o‘zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi.

Yordamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi.

Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlariga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib, yangi qurol va vositalar yarata oladi.

Tashqi muhitga moslashadi

O‘z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o‘zgartiradi.

Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo‘lgan faoliyat yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar hatti-harakati o‘rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lgan, shu sababdan uning asarlarida “Tafakkurning faol shakli”, “Tafakkur faoliyati”, “Miya faoliyati”, “Muskul faoliyati” so‘z birikmalar keng ko‘lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan “Oliy nerv faoliyati”, N.A.Bernshteyin esa “Fiziologik faolligi” atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko‘ra farqlagan bo‘lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo‘llagan.Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan bo‘lsa, ish, mehnat faoliyati, “mehnat faolligi” mazmunida qo‘llaniladi. Ijtimoiy psixologiyada “Faoliyat – faollik – ish - mehnat”, “Faoliyat - xulq”, “mehnat – xulq, faoliyat” ko‘rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki “ijtimoiy kategoriya”, psixologiya esa “mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini” tadqiq etadi. A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida “Predmetli faoliyat” so‘z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan “Odamning hissiy amaliy faoliyati” so‘z birikmasi “ijtimoiy inson” sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida “Faoliyat”, “Xulq” tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan “Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish”, “Faoliyatning halqali tuzilishi”, “Faoliyatni boshqarish”, “Qo‘lning tuyush faoliyati”, “Perseptiv faoliyat”, “Retseptor va effektor” apparatlarining hamkorlik faoliyati kabilar. B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko‘rinishidir. Tadqiqotchi “Inson faoliyati”, “Tashkiliy ish”, “Tashkilotchilik faoliyati”, “Xulq jarayonining algoritmlari” atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling