O’zbekiston respublikasi oliy oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Download 63.89 Kb.
bet5/7
Sana23.02.2023
Hajmi63.89 Kb.
#1224218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bekimmatova Ozoda Sifat. kurs ishi

Uchinchi bosqich. Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og’zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish bilan bog’liq holda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan sifatlarni va ko’m-ko’k, yam-yashil kabi sifatlarni to’g’ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o’quvchilar nutqini o’stirishga qaratiladi.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo’yish, gapda sifat bog’langan otni (so’z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so’z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko’proq bo’lishiga e’tibor beriladi. O’quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o’zlashtirishda uni ot bilan o’zaro bog’liq holda o’rganishga asoslaniladi.


2.2 Sifatning ma’no turlari bilan tanishtirish.
Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang-tus, hajm, shakl, koʻrinish, xususiyatiga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shakl koʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa. Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. Sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang, balosi yuqar.
MA'NO GURUHLARI

  • Xususiyat bildiruvchi sifatlar

  • Rang-tus bildiruvchi sifatlar

  • Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar

  • Hajm- o'lchov bildiruvchi sifatlar

  • Hid bildiruvchi sifatlar

  • Makon- zamon belgisini bildiruvchi sifatlar

Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1) xususiyat sifatlari;
2) rang-tus sifatlari;
3) maza-ta'm sifatlari;
4) hajm- o’lchov sifatlari;
5) hid bildiruvchi sifatlar;
6) makon- zamon belgisini bildiruvchi sifatlar.
Sifatning quyidagi to'rt xil darajasi mavjud:
1) oddiy daraja; Lola qizil, oq, sariq ranglarda tovlanib ochildi.
2) qiyosiy daraja; Hammayoq top-toza.
3) orttirma daraja; Bo'yi mendan kattarog'-u, o'zi sap-sariq.
4) ozaytirma daraja. Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi.

Download 63.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling