O’zbekiston respublikasi oliy oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti
Download 63.89 Kb.
|
Bekimmatova Ozoda Sifat. kurs ishi
Sifatlarning otlashuvi. Sifat bog'lanib kelgan ot ba'zan gapda tushib qoladi. Sunday vaqtda uning ma'nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko'plik qo'shimchalari bilan o'zgarish xususiyatiga ega bo'ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.
1. Sinfimizda a'lochi o'quvchilar soni tobora ortib bormoq- da. 2. Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo'ladilar. Sifatlarning Yasalishi. Sifatlar tarkibiga ko'ra tub va yasama sifatlarga bo'linadi. Tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan sifatlar tub sifatlar asos va yasovchi qismdan iborat bo'lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo'shimchalar qo'shish yoki so'z qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi. Sifat Yasovchi Qo'shimchalar Va Ularning Imlosi. -li, ser-y -dor, -siz, no-, -chart, -ma, -iy(-viy) kabi qo'shimchalar sifat yasovchi qo'shimchalar hisoblanadi. -li, -dor, ba-, ser-, -mand qo'shimchalari asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi. Bu qo'shimchalar (-mand qo'shimchasidan tashqari) asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz, be- qo'shimchalari bilan zid ma'nolidir. -gi (-ki, -qi) qo'shimchasi payt va o'rin bildiruvchi otlarga qo'shilib, payt va o'ringa xos belgini, -simon qo'shimchasi o'xshashlik belgisini, -(v)iy qo'shimchasi xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi. Sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari. Sifatlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy bo'ladi. Bir asosdan iborat bo'lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo'shma sifatlar hisoblanadi. Qo'shma sifatlar, asosan, qo'shib yoziladi. Erksevar, ochko'z, kulrang, mehmondo'st, devqomat, sher- yurak. O'zaro yaqin yoki zid ma'noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo'lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi. Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bogiansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu yagona.Bir asosning aynan takrorlanishidan hos bo'lgan sifat takroriy sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta'kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Sifat darajalari. Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma’no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi. Sifatning quyidagi to‘rt xil darajasi mavjud: oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja. 1) Oddiy daraja: Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi. Shirin olma, katta bino, toza suv 1. Lola qizil, oq, sariq ranglarda tovlanib ochildi. 2. Maktabga qatnay boshlagandan keyin uning ko‘z o'ngida yangi olam ochildi. 3. Chakalakzor qorong‘ulikda vahimali va sirli ko'rinardi. 2) Qiyosiy daraja: Belglnlng me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo‘shimchasi yordamida yasaladi. — roq orqali shakllangan sifatlarda boshqa vositalar, ya’ni — dan, qaraganda, ko‘ra, nisbatan so’zlari keladi. Olma daraxti shoftoli daraxtiga qaraganda kattaroq. 1. Bo‘yi mendan kattarog‘-u, o‘zi sap-sariq. 2.Aftidan, ovozim ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli, ko‘pgina yig'inlarda she’r o‘qish menga topshirilar edi. 3. Bilmadim... oqshommi go‘zalroq, tongmi?!. Bir-biridan go'zal, bir-biridan fusunkor. 3) Orttirma daraja: Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini bildirgan sifatlar orttirma darajadagi sifatlar hisoblanadi. Bunday sifatlar 1. Fonetik usul: Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi oxirgi undoshning m , s yoki p undoshiga almashtirib yoki shunday undosh qo‘shib sifat oldidan takrorlash orqali: ko‘m-ko‘k; sariq — sap-sariq, bus-butun, qizil — qiр-qizil kabi; 2. Ohang usul: Тarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan: achchiq — a:chchiq, uzun — u:zun; chiroyli — chiro:yli kabi; 3. Leksik usul: Sifat oldidan juda, eng, bog’oyatda, g‘oyat, nihoyatda, behad singari so‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan: yaxshi-juda (behad, g‘oyat, nihoyatda) yaxshi kabi. 1. Hamma yoq top-toza. 2. Yomg‘irda cho’ milgan ko‘z ilg‘amas ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yanada go‘zalroq, yanada so‘limroq ko'rinardi. 4) Ozaytirma darja: Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi. 1) Leksik usul: sifat oldidan sal, picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so‘zlarni keltirish yo‘li bilan: to‘la — sal to‘la, achchiq — ozgina achchiq; 2) Sintaktik usul : sifat oxiriga -roq, i)sh, (i)mtir qo‘shimchalarini qo‘shish orqali: sariq— sariqroq (sarg‘ish, sarg‘imtir) kabi. Bular ichida — roq qo‘shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so‘zlari bilan sinonim bo‘lib keladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, biroz qizil lolagul, och qizil kabi. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifatlar ma’no xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) asliy sifatlar; v) nisbiy sifatlar. Prеdmеt bеlgisini bеvosita ifodalaydigan, bеlgini darajalab ko‘rsata oladigan, -roq qo‘shimchasini erkin qabul qiladigan sifatlar asliy sifatlar dеyiladi: shirin qovun - shirinroq qovun - eng shirin qovun; katta baliq - kattaroq baliq - juda katta baliq. Prеdmеt bеlgisini o‘rin yoki paytga nisbatlab, boshqa prеdmеtga o‘xshatish orqali ifodalaydigan, -roq qo‘shimchasini qabul qilmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar dеyiladi: Nisbiy sifatlar –li, -iy (-viy), -simon, -lik, -gi (-ki, qi), -dagi qo‘shimchalari yordamida hosil qilinadi: mеvali daraxt, tibbiy ma’lumotnoma, zamonaviy libos, sharsimon jism, marg‘ilonlik savdogar, yozgi yumush, qishki kiyim, tashqi hovli, uydagi gap. Nisbiy sifatlar bеlgini darajalab ko‘rsatmaydi. Faqat –li qo‘shimchasi bilan hosil qilingan nisbiy sifatlarda darajalab ko‘rsatish xususiyati mavjud: kuchli - kuchliroq - juda kuchli, aqlli - aqlliroq - juda aqlli. Asliy sifatlarda bеlgining kuchaytirma va ozaytirma shakllari bor: yashil – yam-yashil, sariq - sap-sariq, qizil - qizg‘ish, qora-qoramtir. Nisbiy sifatlarda bunday xususiyat yo‘q. Asliy sifatlarda modal ma’no ifodalanadi: yoshgina, ziyrakkina, do‘mboqqina. Nisbiy sifatlarda bunday xususiyat yo‘q. Faqat –li qo‘shimchasi bilan hosil qilingan nisbiy sifatlardagina modal ma’nolarni ifodalash imkoniyati mavjud: aqlligina, chiroyligina kabi. Asliy sifatlar fе’lga bog‘lana oladi: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir (Maqol). Nisbiy sifatlar fе’lga birika olmaydi. Faqat –iy bilan hosil qilingan nisbiy sifatlar juda kam miqdordagi fе’llar bilan (masalan: zamonaviy kiyinmoq) birikishi mumkin. Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, murakkab, juft va takror holda qo‘llanuvchi shakllarga ega. Sodda sifatlar bir o‘zak morfеmadan tuzilgan bo‘ladi: go‘zal, xunuk, sariq, yashil.Qo‘shma sifatlar bir urg‘u bilan aytiladigan ikki so‘z shaklining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: ertapishar, shеryurak. Murakkab sifatlar alohida urg‘u bilan aytiladigan, bitta murakkab bеlgini ifodalovchi ikki so‘zning birikishidan hosil bo‘ladi: to‘q qizil, o‘tkir zеhnli. Juft va takror sifatlar bir umumiy bеlgi ifodalovchi ikki sifatning tеng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: oq-qora, uzuq-yuluq, kattayu kichik, pastu baland; uzun-uzun, og‘ir-og‘ir, chuqur-chuqur. Sifatni tahlil qilish tartibi 1. Ma’no turi. 2. Darajasi: oddiy, qiyosiy, orttirma. 3. Tuzilishiga ko‘ra turi: sodda, qo‘shma, murakkab, juft, takror. 4. Yasama sifatning yasalish usuli. 5. Qaysi so‘z bilan bog‘lanishi. 6. Gapdagi vazifasi. Masalan, Salima darslarini chala-chulpa tayyorlagan edi. Chala-chulpa—sifat, bеlgining mе’yordan kamligi ma’nosini ifodalaydi, oddiy daraja, juft, chala-chulpa tayyorlamoq, gapda hol vazifasida kеlgan.Shakl ko‘rinishni bildiruvchi sifatlar: novcha, gavdali... Download 63.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling