O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi
Download 1.19 Mb.
|
ABDUKARIMOVA FERUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Traxeya bilan nafas oluvchilarni (Tracheata) asosiy belgilari
Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) sinfiTashqi tuzilishi. Ko‘poyoqlilarning chuvalchangsimon tanasi yaxlit bosh va bo’g imlarga bolinngan gavdadan iborat. Gavda bo‘g”imlari soni pauropodlarda 14 ta, simfillarda 18 ta bolsa, laboyoqlilarda 181 taga vetadi. Bosh bolimi gavdadan ajralib chiqqan akrondan va u bilan qo’shilib ketgan 3 (pauropodalar, ikki juft oyoqlilar) yoki 4 (simfillar) tana bo’gimlaridan hosil bolgan. Pauropodlar va ikki juft oyoqlilaming oxirgi bosh bo‘g‘imi erkin bolganidan “bo‘yin” deb ataladi. Boshning bunday tuzilishi tuban ko‘poyoqlilar uchun xos boladi. Boshida bir juft mo‘ylovlari, yuqori jaglar – mandibulalar va bir yoki ikki juft pastki jaglar – maksillalar boladi. Mo’ylovlari tuygu va hid bilish vazifasini bajaradi. Ko‘poyoqlilaming yurish oyoqlari bir xilda tuzilgan bir qatoi bo’g’imlardan iborat. Yurish oyoqlarining uchki qismi timoqqa aylangan. Faqat laboyoqiilarning birinchi juft jag‘oyoqlari boshqacha tuzilgan. Xususan, ular ancha yirik, asosiy bo”g‘imi juda yog’onlashgan, oxirgi bo‘g’imi ilmoqqa o’xshash egilgan. 1-rasm: Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) tipik vakili. Bu oyoqlaming asosida zahar bezi joylashgan. Bez ilmoqning uchiga ochiladi. Laboyoqlar deb ataladigan jag’oyoqlar yordamida hayvonlar O’z O’ljasini tutadi va oldiradi. Laboyoqlilarning zahari bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqalilar uchun xavfli. Qiloyoq barmoqni chaqib olganida qol shishib, ogriy boshlaydi. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi yoki traxeya bilan nafas oluvchilar 2 ta yirik taksanga: Кo’p oyoqlilar (Myriapoda) va Oltioyoqlilar (Nexapoda) ga bo’linadi. Traxeyalilarni ajdodlari - mondibula va traxeyalari bo’lgan yer ustida yashovchi individlar bo’lgan. Traxeya bilan nafas oluvchilarni (Tracheata) asosiy belgilari:Bosh qismini 1-segmentida 1 juft antennalar (moylovlar) bo’ladi. 2-segment reduksiyalangan, Lekin 2-segment lichinkalik davrida ma’lum bosqichda shakllanib, keyinchalik yo’qolib ketadi. 2 juft antennalar Traxeyalilardan tashqari faqat qisqichbaqasimonlarda mavjud. Nafas olish traxeyalar orqali amalga oshiriladi, har bir segment ikkala yon tomonida bittadan nafas olish trubkachalari – traxeyalar mavjud bo’lib teshigi tashqariga ochilgan. Ayirish organlar juft xaltasimon nefridiylar bo’lib, malpigi naychalari orqali tashqariga tutashgan. Evalutsiya jarayonida malpigi naychalari, traxeyalar, ichki urug’lanish va spermatoforalar hosil bo’lishi traxeya bilan nafas oluvchilarning quruqlikka hayot kechirishga moslashish natijasidir. Traxeya bilan nafas oluvchilar yoki traxeyalilar o‘zlarining kelib chiqishi va tuzilishi bilan boshqa bo‘g‘imoyoqlilar (jabralilar, jumladan qisqichbaqasimonlar va xelitseralilardan) keskin farq qiladi. Bular quruq havo muhitida yashashga layoqatlashgan va yer yuzida nihoyatda ko‘p tarqalgan hamda turlar sonining ko‘pligi bilan birinchi o‘rinni egallagan hayvonlardir. Bularning tanasi bosh va bo‘g‘imlarga ajralgan tana qismlardan tuzilgan bo‘lib, boshida bir juft mo‘ylovlari (antenna), og‘iz atrofida og‘iz oldi oyoqchalari, uch juft jag‘lari bo‘lishi, yurish oyoqlarining ko‘pligi yoki uch juftgacha qisqarganligi bilan xarakterlidir. Bularning, deyarli, hamma avlodlari ichki tomonga qayrilgan va yupqa xitin bilan qoplangan traxeya naychalar sistemasi orqali nafas oladi. Murakkab shoxlangan traxeya naychalari nafas olish teshikchalari stigmalar bilan tashqariga ochilgan. Faqat nam tuproq va chirindilar orasida yashaydigan – sodda tuzilgan qadimgi avlodlarida traxeya sistemasi rivojlanmagan (ular terisi orqali nafas oladi). Quruqda yashovchi hayvonlar sifatida bular tanasida ma’lum miqdorda suv zapasining saqlanishi hayotiy ahamiyatga ega. Binobarin traxeyalilarning bir qancha sodda tuzilgan avlodlarida maxsus ayirish organi bo‘lmay, bu vazifani orqa ichak devori bajaradi. Yuqori traxeyalilarning ichak devori bilan tutashgan ipsimon ayirish organi - malpigiy naychalari esa “suvni tejab ” siydikni kislota holida chiqaradi. Tanada suvni tejash va hosil qilishda yog‘ tanachalari ham katta rol o‘ynaydi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling